123
19-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i
sifatida Prezidentning va-
kolatlari haqida;
– Prezidentni saylash tartibi va uning vakolati tugashi haqida bilib
olasiz.
1. Prezident – davlat boshlig‘i.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash tartibi va uning
vakolati tugashi.
1. PREZIDENT – DAVLAT BOSHLIG‘I
Lotinchadan tarjima qilganda
prezident so‘zi
oldinda o‘tiruvchi,
ya’ni davlat boshlig‘i ma’nosini anglatadi. Jahondagi ko‘pchilik
mamlakat-
larda prezidentlik boshqaruvi shakli mavjud ekanligi ham prezident lavo-
zimining mavqeyidan dalolat berib turibdi.
O‘zbekistonda
prezident lavozimi 1990-yil 24-martda joriy etilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida
davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining
kelishilgan holda
faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: