G. M. Tansikbayeva, V. A


davlat faoliyati shaklidir. U quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

davlat faoliyati shaklidir. U quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1) qonunchilik tashabbusi – qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiri-
tiladi;
2) Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihasining ko‘rib chiqishga 
qabul qilinishi;
3) Qonunchilik palatasi qo‘mitalaridan biri tomonidan qonun loyihasi-
ning oldindan ko‘rib chiqilishi;
4) Qonunchilik palatasining qonun loyihasini ko‘rib chiqishga qabul 
qilish mumkinligi haqidagi xulosasi;
5) Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihasining ko‘rib chiqilishi 
va birinchi o‘qishga tayyorlash (qoidaga ko‘ra qonun loyihasi uch o‘qishda 
ko‘riladi);
6) Qonunchilik palatasi tomonidan qonun qabul qilinishi va uning 
Senatga yo‘naltirilishi;
7) qonunning Senat tomonidan ko‘rib chiqilishi va uning O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentiga imzolash uchun yuborilishi;


121
10-sxema.
Qonunchilik jarayonining asosiy bosqichlari
1-bosqich
2-bosqich
3-bosqich
4-bosqich
Rasmiy matbuotda 
e’lon qilish
Prezident
Oliy Majlis 
Senati
Oliy Majlis 
Qonunchilik 
palatasi
Prezident
Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi Jo‘qorg‘i Kengesi
Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi deputatlari
Vazirlar 
Mahkamasi
Konsti-
tutsion sud
Oliy 
sud
Oliy xo‘ja-
lik sudi 
Bosh 
prokuror


122
8) qonun Senat tomonidan rad etilgan yoki Prezident tomonidan qay-
tarilgan hollarda qonun bir oy ichida qayta ko‘rib chiqilishi kerak;
9) qonunning matbuotda e’lon qilinishi.
Qonunlarning ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi ularni 
qo‘llashning majburiy shartidir. Qonunlar va Oliy Majlis qarorlari imzolan-
ganidan so‘ng bir haftadan kechiktirmasdan e’lon qilinishi lozim. Basharti, 
qonunda boshqa sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa, e’lon qilinishi bilan normativ 
hujjat kuchga kiradi.
Tasavvur qiling, Siz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandingiz. 
Kollej va litseylarda ta’lim oluvchilarni o‘qitish shartlari to‘g‘risidagi qonun loyi-
hasini taklif qiling.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling