15
taqiqlanishlarga
rioya qilishi, shuningdek, o‘ziga nisbatan huquqbuzarlik
sodir qilinganda huquqlarini himoya qila olishi.
Huquqiy idеalizm
– bu qonunning butun kuchiga va chеksiz imkoni-
yatlariga ishonishdir.
Huquqiy idеalizm tarafdorlari “yaхshi qonunlar” qabul qilishning o‘zi
yеtarli, shu bilan butun muammolar hal bo‘ladi, degan g‘oyani
ilgari sura-
dilar.
Huquqiy nigilizm
– qonunga, huquqqa nisbatan hurmatsizlik, qonun
talablariga rioya etmaslik. Huquqiy nigilizm amaldagi qonunlarni buzish va
og‘ir jinoyatlarni sodir etishda namoyon bo‘ladi.
Bunda huquqni buzgan yoki jinoyat sodir etganlarning ko‘pchiligi qila-
yotgan
xatti-harakatlari qonu
nda taqiqlanganligini biladilar, ammo noqo-
nuniy xatti-harakatlarini hеch kim sezmaydi, dеb ishonishadi.
Huquqiy idеalizm va huquqiy nigilizm tushunchasidan kеlib chiqib, huquqqa nis-
batan o‘z munosabatingizni aniqlang. Fuqaroning huquqiy ongi shakllanishida Asosiy
qonun – O‘zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi qanday rol o‘ynaydi?
qonun hujjatlarini yangilash zaruriyati;
1990-yil 20-iyun – Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha
Konstitutsiya komissiyasining tuzilishi;
1991-yil 31-avgust – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilli
gining
e’lon
qilinishi;
1992-yil 8-dekabr – O‘zbe kiston Respublikasi Konstitutsiya sining
qabul qilinishi;
Konstitutsiyaning asosiy xususiyati: davlat – inson uchun;
inson manfaatlarining davlatnikiga nisbatan ustuvorligi;
davlat va fuqarolarning bir-biriga nisbatan o‘zaro
huquqlari va
mas’uliyatlari;
xalqaro qonunlarning ustuvorligi;
xalq – davlat hokimiyatining birdan bir manbayi.
Do'stlaringiz bilan baham: