16
1. Qanday omillar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
qabul qilinishiga
sabab bo‘ldi?
2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida qanday asosiy qoidalar mus-
tahkamlab qo‘yilgan?
3. Qonunlar ustuvorligi deyilganda nima nazarda tutiladi?
4. “Inson manfaatlari ustuvorligi” tushunchasini qanday izohlaysiz?
5. Jamiyatga nima ko‘proq zarar keltiradi: huquqiy idealizmmi yoki huquqiy ni-
gilizm? Javobingizni sharhlab bering.
3-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING
MAZMUNI VA XUSUSIYATLARI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xususiyatlari nimalar-
dan
iborat ekanligini;
– O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa mamlakat-
lar konstitutsiyalari orasida umumiylik nimalardan iborat ekanligini
bilib olasiz.
1. Konstitutsiyaning asosiy mazmuni.
2. Muqaddima: uning maqsad va vazifalari.
3. Konstitutsiyada e’lon qilingan umuminsoniy qadriyatlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustunligi.
1. KONSTITUTSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni bo‘lib, konstitutsiyaviy
tuzum, davlat va jamiyat qurilishi asoslarini belgilab beradi;
qonun chiqaruv-
chi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari tashkillashtirilishini tartibga
solib turadi; saylov tizimini belgilaydi; fuqarolarning
huquq va erkinliklari-
ni, davlat ramz larini mustahkamlab qo‘yadi; Konsti tutsiyaga o‘zgartirishlar
kiritish tartibini belgilaydi.
1992-yilgi Konstitutsiya xususiy mulk va bozor iqtisodi yotiga asoslan-
gan yangi ijtimoiy-siyosiy tizim poydevorini qurib berdi. Xususiy mulk
davlat mulki qatorida davlat muhofazasi ostidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: