G. M. Tansikbayeva, V. A
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 9-modda
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. KONSTITUTSIYAVIY TUZUM PRINSIPLARI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 9-modda.
4-sxema. Asosiy qonun belgilaydi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQ HOKIMIYATCHILIGI SHAKLLARI Referendum Saylovlar Qonun loyihalari muhokamasi Davlat organlariga taklifl ar, shiko- yatlar va arizalar bilan yakka tartibda va jamoat tarzida murojaat qilish Fuqarolarning davlat va jamoat ishlaridagi ishtiroki Davlat qaror qabul qilishi uchun jamoatchilik fi krini bilishi zarur bo‘lib qolganda Konstitutsiya, qonunlarning loyihalari umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi, ya’ni referendum o‘tkazilishi mumkin. Umumxalq referendumi butun mamlakat miqyosida yoki mahalliy hududda o‘tkazilishi mumkin. Masalan, 2005-yil 27-yanvarda O‘zbe kiston Respublikasida referendum o‘tkazilib, unda navbatdagi chaqiruvda O‘zbe kiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash to‘g‘risidagi masala hal etildi. Referendumda 26 ishtirok etgan fuqarolarning ko‘pchiligi mazkur masalaga ijobiy javob berdilar. Xalq shu tarzda mamlakat hayotiga faol ta’sir ko‘rsatadi. 4. KONSTITUTSIYAVIY TUZUM PRINSIPLARI Eng muhim konstitutsiyaviy prinsiplarga quyidagilar ham kiradi: – davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi mas’uliyati; – inson, uning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquq- larini oliy qadri yatlar deb e’tirof etish; – qonun oldida barcha fuqarolarning mutlaq tengligi; – O‘zbekiston davlat chegaralari va hududining daxlsizligi va yaxlitligi; – jamiyat hayotini siyosiy institutlar, mafkuralar va fi krlar xilma-xilligi asosida rivojlantirish; – Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi; – inson va jamiyat farovonligi manfaatiga qaratilgan ijtimoiy adolat; – qonuniylik. Demokratik davlatning eng muhim konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri hokimiyatning bo‘linish prinsipidir (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda). Davlat faoliyati qonunlar qabul qilish, ularni ijro etish va odil sudlov bilan bog‘liq ravishda shu prinsipga muvofi q bo‘linadi. Bu shuning uchun kerakki, bunda har qaysi hokimiyat tarmog‘i hokimi- yat vakolatlari doirasidan chetga chiqish va uni suiiste’mol qilish imkoniya- tiga yo‘l qo‘ymagan holda boshqasini tiyib turishi zarurdir. Hokimiyatlardan birontasi boshqasining faoliyatiga aralashmasligi kerak. Bu prinsipning amal dagi ifodasi qandaydir bir guruh yoki alohida shaxs tomonidan ho- kimiyat egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgandir. Faqat qonunga bo‘ysunishlari shart bo‘lgan sudlov organlari faoliyatiga aralashish alohida xavf-xatar tug‘diradi. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asos lanadi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling