23
– o‘z konstitutsiyaviy-huquqiy tizimi;
– davlat hududi va uning chegaralari;
– oliy hokimiyat organlari tizimi;
–
yagona Qurolli Kuchlar;
– davlat mulki, yagona pul-kredit tizimi;
–
davlat ramzlari;
– xalqaro munosabatlar subyekti ekanligi.
Davlat suvereniteti
– davlat mustaqil rivojlanishining zaruriy shartidir,
ammo bu narsa davlat biron-bir tarzda cheklanmaydigan
hokimiyatdan foy-
dalanadi, degan ma’noni anglatmaydi. Kishilar orasida yashab turgan odam
ularning ehtiyojlarini inobatga olishiga to‘g‘ri kelgani kabi davlat ham
boshqa davlatlar bilan doimiy o‘zaro munosabatda bo‘lganligi
uchun ular-
ning manfaatlarini nazar-pisand qilmasligi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy
tu zilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilay-
di, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 3-modda.
Davlat mustaqilligiga erishilishi O‘zbekistonga
mustaqil taraqqiyot
yo‘li ga qadam qo‘yishiga, jahon hamjamiyatiga xalqaro munosabatlarning
to‘la huquqli subyekti sifatida kirishiga imkon berdi.
Asosiy qonun belgilaydi
24
3. DEMOKRATIYA – XALQ HOKIMIYATCHILIGI
Xalq hokimiyatchiligi prinsipi mamlakatimizning Asosiy qonunida
ifodalangan bo‘lib, unda xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayi ekan-
ligi ta’kidlangan (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 7-modda).
Prezidentimiz Islom Karimovning
“Yuksak ma’naviyat – yengil-
Do'stlaringiz bilan baham: