G. M. Tansikbayeva, V. A
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda.
Asosiy qonun belgilaydi 27 1. Davlat suvereniteti nima? 2. Davlat suvereniteti uning hokimiyati cheklanmaganligini angla tadimi? 3. Davlat suvereniteti inson huquqlari bilan qay yo‘sinda muvofi q lashtiriladi? 4. Demokratiyaning mohiyati nimada, u qaysi shakllarda amalga oshiriladi? 5. O‘zbekiston xalqi nomidan kim ish ko‘rishi mumkin? 6. Konstitutsiyaviy prinsiplar deganda nimani tushunmoq kerak? suverenitet – davlatning ichki va tashqi ishlarda mustaqilligi; xalq hokimiyatchiligi: referendum, saylov, yig‘ilish va boshqa- lar; demokratiya: bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri), bilvosita (vakillik); hokimiyatlar bo‘linishi: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud; Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi; ijtimoiy adolat; chegaralar daxlsizligi; fi krlar plyuralizmi; barchaning qonun oldida tengligi; davlat ramzlari: bayroq – 1991-yil 18-noyabr, gerb – 1992-yil 2-iyul, madhiya – 1992-yil 10-dekabr. O ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari ∑ ∑ Yakunlarni chiqaramiz ? ? O‘zingizni sinang! 28 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 02.07.1992-y. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI TO‘G‘RISIDA (Ko‘chirma) Ushbu Qonunga O‘zbekiston Respublikasining 24.12.2010-yildagi Qonuniga muvofi q o‘zgartirishlar kiritilgan. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa cha- noqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qis- mida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar – kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va “O‘zbekiston” yozuvi – oltin rangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy – yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; lenta – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sak- kizburchak – oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havorangda; yarim oy va yulduzlar – oq rangda tasvirlangan. 8-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekis- tonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling