G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda.
Asosiy qonun belgilaydi


27
1. Davlat suvereniteti nima?
2. Davlat suvereniteti uning hokimiyati cheklanmaganligini angla tadimi?
3. Davlat suvereniteti inson huquqlari bilan qay yo‘sinda muvofi q lashtiriladi?
4. Demokratiyaning mohiyati nimada, u qaysi shakllarda amalga oshiriladi?
5. O‘zbekiston xalqi nomidan kim ish ko‘rishi mumkin?
6. Konstitutsiyaviy prinsiplar deganda nimani tushunmoq kerak?
suverenitet – davlatning ichki va tashqi ishlarda mustaqilligi; 
xalq hokimiyatchiligi: referendum, saylov, yig‘ilish va boshqa-
lar; 
demokratiya: bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri), bilvosita (vakillik); 
hokimiyatlar bo‘linishi: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud;
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi
ijtimoiy adolat; 
chegaralar daxlsizligi; 
fi krlar plyuralizmi; 
barchaning qonun oldida tengligi;
davlat ramzlari: bayroq – 1991-yil 18-noyabr, gerb – 1992-yil 
2-iyul, madhiya – 1992-yil 10-dekabr.
O
‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari


Yakunlarni chiqaramiz
?
?
O‘zingizni sinang!


28
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
02.07.1992-y.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
DAVLAT GERBI TO‘G‘RISIDA
(Ko‘chirma)
Ushbu Qonunga O‘zbekiston Respublikasining 24.12.2010-yildagi 
Qonuniga muvofi q o‘zgartirishlar kiritilgan. 
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi 
davlat mustaqilligining ramzidir. 
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: 
tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa cha-
noqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy 
uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika 
hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qis-
mida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik 
ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining 
bantida “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo 
qushi va daryolar – kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va 
“O‘zbekiston” yozuvi – oltin rangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va 
vodiy – yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; lenta – O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sak-
kizburchak – oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havorangda; yarim oy va 
yulduzlar – oq rangda tasvirlangan. 
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekis-
tonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini 
hurmat qilishlari shart. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini 
buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling