G. M. Tansikbayeva, V. A


mas kuch” asarida “demokratiya”


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

mas kuch” asarida “demokratiya” tushunchasining mazmuni tahlil etilib
mohiyatan ma’naviy qadriyatlar, mezonlar orqali boshqa 
riladigan kuchli 
fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat ekanligi aytib o‘tiladi. Demokratiyaga 
mansub mana shu ikki tarkibiy qismga tayangan holda “Kuchli davlat 
-
dan – kuchli jamiyat sari” konsepsiyasi hayotga tatbiq etilmoqda.
Xalq hokimiyatchiligi prinsipi O‘zbekiston Konstitutsiyasining tayanch 
g‘oya laridan biridir.
“Xalq hokimiyatchiligi” atamasi grekcha “demokratiya” (demos – 
xalq, kratos – hokimiyat) so‘zining aynan tarjimasidir. Bu tushuncha ilk 
marotaba Qadimgi Gretsiyada vujudga kelib, butun jahonga keng tarqaldi.
Demokratiya – bu:
– saylanadigan hokimiyat organlarida ishtirok etish;
– fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishi;
– hammaning va har kimning qonun oldida tengligi;
– jamiyat va inson xavfsizligi;
– fuqarolar huquq va erkinliklarining to‘la-to‘kisligi;
– inson farovonligi va manfaatlari xususida davlat g‘amxo‘rligi;
– inson huquq va erkinliklari muhofazasining kafolatlangan mexa nizmi 
mavjudligi.
O‘z tarixi davomida insoniyat demokratiyaning ikki shaklini yaratgan:
– 
bevosita, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri demokratiya.
Bunda xalq davlat 
ishla rini vakillarsiz o‘zi hal qiladi (ovoz berish, umumxalq muhokamasi, 
fuqarolar murojaati orqali);
– 
bilvosita, ya’ni vakillik demokratiyasi.
Unda xalq suveren huquqla-
ridan foydalanib o‘zlari saylab qo‘ygan vakillari (deputatlar va senatorlar) 
orqali davlat ishla rini amalga oshiradi.
3-sxema.
Bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) 
demokratiya
Bilvosita (vakillik orqali) 
demokratiya
XALQ HOKIMIYATCHILIGI


25
O‘zbekiston xalqi bevosita demokratiyadan Oliy Majlis deputatlari va 
senatorlarini hamda davlatimiz Prezidentini saylashda bir necha marta foy-
dalangan.
Davlat miqyosidagi muammolarni hal etishda xalqning bevosita ishtiro-
ki referendumda, ya’ni mamlakat siyosiy hayotining eng muhim masala-
lari yuzasidan o‘tkaziladigan umumxalq muhokamasida va bevosita ovoz 
berishda qatnashishi orqali namoyon bo‘ladi.
Xalq nomidan faqat ular saylagan Prezident, Oliy Majlis deputatlari va 
senatorlar ish ko‘rishi mumkin. 
Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokama-
siga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Referendum 
o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling