G. M. Tansikbayeva, V. A


Topshiriq Asosiy qonun belgilaydi


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Topshiriq
Asosiy qonun belgilaydi


22
Davlat suvereniteti
hokimiyatni amalga oshirishda, bu borada 
yuzaga keluvchi muammolarni hal etishda nafaqat mamlakat ichkarisida, balki 
tashqarisida ham boshqa davlatlardan to‘la-to‘kis mustaqillikni ang latadi.
Suverenitet
– mamlakat ichkarisida hokimiyatning to‘liq ustunli-
gi hamda tashqi siyosatda mustaqilligi, uning hududida davlat qonun 
chiqa ruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining to‘la-to‘kisligidir.
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI – MUSTAQIL 
SUVEREN DAVLAT
Davlatni belgilovchi jihatlaridan biri uning davlat suvereniteti hisobla-
nadi. 1990-yil 20-iyunda “O‘zbekiston SSRning suvereniteti to‘g‘risida 
Dekla ratsiya” qabul qilinib, unda respublika davlat suvere nitetining quyi-
dagi asosiy prinsiplari mustahkamlab qo‘yildi:
– davlat hududi hamda chegaralarining daxlsizligi va bo‘linmasligi;
– mustaqil ichki va tashqi siyosat;
– xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini e’tirof etish va hurmat qilish;
– o‘z taraqqiyot yo‘lini, davlat ramzlarini tanlashdagi mustaqillik va 
hokazo.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Oliy Kengashining XI sessiyasi 
da 
Respublikamiz mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Ushbu sessiyada “O‘zbe-
kiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi 
Qonun qabul qi lin di. U O‘zbe kiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul 
qilingan 1992-yil 8-dekabrga qadar Asosiy qonun rolini bajardi.
1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasida referendum bo‘lib 
o‘tdi va unda aholining ko‘pchilik qismi mamlakat mustaqilligi e’lon 
qilinganligini qo‘llab-quvvatladi.
1991-yil 18-noyabrda “O‘zbe kiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 
to‘g‘risida”gi Qonun, 1992-yil 2-iyulda – “O‘zbe kiston Respublikasining 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling