G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 9-modda


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 9-modda.
4-sxema.
Asosiy qonun belgilaydi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQ 
HOKIMIYATCHILIGI SHAKLLARI
Referendum
Saylovlar
Qonun loyihalari muhokamasi
Davlat organlariga taklifl ar, shiko-
yatlar va arizalar bilan yakka tartibda 
va jamoat tarzida murojaat qilish
Fuqarolarning 
davlat va jamoat
ishlaridagi ishtiroki
Davlat qaror qabul qilishi uchun jamoatchilik fi krini bilishi zarur bo‘lib 
qolganda Konstitutsiya, qonunlarning loyihalari umumxalq muhokamasiga 
qo‘yilishi, ya’ni referendum o‘tkazilishi mumkin. Umumxalq referendumi 
butun mamlakat miqyosida yoki mahalliy hududda o‘tkazilishi mumkin. 
Masalan, 2005-yil 27-yanvarda O‘zbe 
kiston Respublikasida referendum 
o‘tkazilib, unda navbatdagi chaqiruvda O‘zbe kiston Respublikasining ikki 
palatali parlamentini saylash to‘g‘risidagi masala hal etildi. Referendumda 


26
ishtirok etgan fuqarolarning ko‘pchiligi mazkur masalaga ijobiy javob 
berdilar. 
Xalq shu tarzda mamlakat hayotiga faol ta’sir ko‘rsatadi.
4. KONSTITUTSIYAVIY TUZUM PRINSIPLARI
Eng muhim konstitutsiyaviy prinsiplarga quyidagilar ham kiradi:
– davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar 
oldidagi mas’uliyati;
– inson, uning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquq-
larini oliy qadri yatlar deb e’tirof etish;
– qonun oldida barcha fuqarolarning mutlaq tengligi;
– O‘zbekiston davlat chegaralari va hududining daxlsizligi va yaxlitligi;
– jamiyat hayotini siyosiy institutlar, mafkuralar va fi krlar xilma-xilligi 
asosida rivojlantirish;
– Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi;
– inson va jamiyat farovonligi manfaatiga qaratilgan ijtimoiy adolat;
– qonuniylik. 
Demokratik davlatning eng muhim konstitutsiyaviy prinsiplaridan 
biri hokimiyatning bo‘linish prinsipidir (O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, 11-modda).
Davlat faoliyati qonunlar qabul qilish, ularni ijro etish va odil sudlov 
bilan bog‘liq ravishda shu prinsipga muvofi q bo‘linadi. 
Bu shuning uchun kerakki, bunda har qaysi hokimiyat tarmog‘i hokimi-
yat vakolatlari doirasidan chetga chiqish va uni suiiste’mol qilish imkoniya-
tiga yo‘l qo‘ymagan holda boshqasini tiyib turishi zarurdir. Hokimiyatlardan 
birontasi boshqasining faoliyatiga aralashmasligi kerak. Bu prinsipning 
amal 
dagi ifodasi qandaydir bir guruh yoki alohida shaxs tomonidan ho-
kimiyat egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgandir. 
Faqat qonunga bo‘ysunishlari shart bo‘lgan sudlov organlari faoliyatiga 
aralashish alohida xavf-xatar tug‘diradi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga 
asos lanadi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling