G. M. Tansikbayeva, V. A


Davlat gerbi to‘g‘risida”


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun, 1992-yil 10-dekabrda – “O‘zbe kiston 
Respublikasining Davlat gimni to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Shunday qilib, davlatimiz suverenitetini quyidagi jihatlar mavjud-
ligi bo‘yicha aniqlash mumkin:
Yodda tuting!


23
– o‘z konstitutsiyaviy-huquqiy tizimi;
– davlat hududi va uning chegaralari;
– oliy hokimiyat organlari tizimi;
yagona Qurolli Kuchlar;
– davlat mulki, yagona pul-kredit tizimi;
davlat ramzlari;
– xalqaro munosabatlar subyekti ekanligi.
Davlat suvereniteti
– davlat mustaqil rivojlanishining zaruriy shartidir, 
ammo bu narsa davlat biron-bir tarzda cheklanmaydigan hokimiyatdan foy-
dalanadi, degan ma’noni anglatmaydi. Kishilar orasida yashab turgan odam 
ularning ehtiyojlarini inobatga olishiga to‘g‘ri kelgani kabi davlat ham 
boshqa davlatlar bilan doimiy o‘zaro munosabatda bo‘lganligi uchun ular-
ning manfaatlarini nazar-pisand qilmasligi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy 
tu zilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilay-
di, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 3-modda.
Davlat mustaqilligiga erishilishi O‘zbekistonga mustaqil taraqqiyot 
yo‘li ga qadam qo‘yishiga, jahon hamjamiyatiga xalqaro munosabatlarning 
to‘la huquqli subyekti sifatida kirishiga imkon berdi.
Asosiy qonun belgilaydi


24
3. DEMOKRATIYA – XALQ HOKIMIYATCHILIGI
Xalq hokimiyatchiligi prinsipi mamlakatimizning Asosiy qonunida 
ifodalangan bo‘lib, unda xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayi ekan-
ligi ta’kidlangan (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 7-modda).
Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengil-

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling