G. M. Tansikbayeva, V. A


Barcha davlatlar – BMT ishtirokchilari o‘z faoliyatlarida quyidagi


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Barcha davlatlar – BMT ishtirokchilari o‘z faoliyatlarida quyidagi 
prinsiplarga rioya qilish majburiyatini oladilar:
– xalqaro norma va shartnomalarga amal qilish;
– kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan tartibga solish;
– kuch bilan xavf solish yoki uni qo‘llashdan tiyilish;
– ichki ishlarga va hamkorliklarga aralashmaslik.
BMTning bosh maqsadi:
– butun dunyoda tinchlik bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash;
– do‘stona munosabatlarni rivojlantirish;
– kambag‘allik, ochlik, kasallik, savodsizlikka barham berish;
– atrof-muhitga ziyon yetkazishning oldini olish;
– inson huquqi va erkinliklarini himoya qilish.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli 
sub yektidir. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 17-moddadan.
Mustaqillik e’lon qilingan dastlabki kunlardanoq
 
O‘zbekiston Res pub -
likasi dunyo hamjamiyatiga kirish yo‘lini tanladi. Jumladan, 1992-yil fev-
ralda – mamlakatimiz YXHT (Yevropa xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha 
Xalqaro tashkilot)ga, 1992-yil 2-martda – BMT (Birlashgan Millat-
lar Tashkiloti)ga, 1993-yil 29-oktabrda – UNESKOga, 2001-yil iyunda 
SHHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti)ga va boshqa tashkilotlarga qabul 
qilindi. O‘zbekiston MDH mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi, Xalqaro valuta 
jamg‘armasi, Butunjahon banki va boshqa xalqaro tashki 
lotlar bilan faol 
hamkorlik olib bormoqda.
Asosiy qonun belgilaydi
2 – Konstitutsiyaviy huquq asoslari


34
Hozirda dunyoning 140 dan ortiq mamlakati O‘zbekistonni mustaqil 
davlat sifatida tan olgan hamda ulardan ko‘pchiligi poytaxtimiz Toshkentda 
o‘z elchi xonalari va vakolatxonalarini ochgan.
Shunday qilib, davlatimiz dunyo hamjamiyatida xalqaro huquq subyekti 
sifatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling