G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATINING


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATINING 
ASOSIY PRINSIPLARI
Xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli a’zosi sifatida O‘zbekiston Res-
publikasi o‘z tashqi siyosatini olib borishda xalqaro muno sabatlar sohasida 
yuzaga keluvchi turli muammolarni hal etishda asos bo‘ladigan umume’tirof 
etilgan xalqaro prinsiplar va normalarga tayanadi.
Mamlakatning Asosiy qonunida mustahkamlab qo‘yilgan tashqi 
siyo sat prinsiplari (17-modda) jumlasiga quyidagilar kiradi: 
– davlatlarning suveren tengligi prinsipi, ya’ni boshqa davlatlar suvereni-
tetini hurmat qilish majburiy ligi; 
– kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipi
– chegara larning daxlsizli prinsipi; 
– boshqa davlatlarning ichki ish lariga aralashmaslik prinsipi; 
– nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish prinsipi, shu ningdek, davlatning, 
xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsa-
dida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlat lararo tuzilmalarga 
kirish va ulardan ajralib chiqish prinsipi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Kengashida qabul qilingan 
(Xelsinki, 1975-yil 1-avgust) xalqaro huquqning asosiy prinsiplari quyi-
dagilardan iborat: 
1. Suveren tenglik, suverenitetlikka tegishli bo‘lgan huquqlarni hurmat 
qilish.
2. Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik. 
3. Chegaralarning daxlsizligi. 
4. Davlatlarning hududiy yaxlitligi. 
5. Nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish. 
6. Ichki ishlarga aralashmaslik. 
7. Inson huquqla rini va asosiy erkinliklarini, jumladan, fi kr, vijdon, din 
va e’tiqod erkinliklarini hurmat qilish. 


35
8. Teng huquqlilik va xalqlar o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqi.
9. Davlatlar bilan hamkorlik qilish. 
10. Xalqaro huquqlar bo‘yicha majburiyatlarning vijdonan bajarilishi.
O‘zbekiston Respublikasida davlat suverenitetini, hududiy yaxlitligi-
ni hamda aholi xavfsizligini muhofaza qilish maqsadida Qurolli Kuchlar 
tu zilgan va ular mustahkamlanmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respubli kasi-
ning davlat suverenitetini va hududiy yax litligini, aholining tinch hayoti va 
xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling