G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Xalqaro huquq
– xalqaro muloqot jarayonida davlatlararo muno-
sabatlarni tartibga solib turuvchi yuridik qoidalar majmuyi.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasiga muvofi q 
bizning davlatimiz хalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyеkti hisobla-
naladi.
Xalqaro huquq subyekti bo‘lish nimani anglatadi?
Boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlardagi o‘z huquq va burchla rini 
tashqaridan qandaydir tazyiqsiz amalga oshirishga qodir bo‘lgan mustaqil 
davlatgina xalqaro munosabatlar subyektiga aylanishi mumkin. Xalqaro 
huquq subyekti bir davlatning boshqa bir davlat ustidan hokimiyatini tan 
olmaydi. Bunday davlat o‘zining ichki va tashqi siyosatini amalga oshirish 
borasida mustaqildir.
Hozirgi paytda xalqaro munosabat ishtirokchilarining eng asosiysi 
xalqaro tashkilot bo‘lib, unda manfaatdor davlat-ishtirokchilar insoniyat 
oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa muammolarni 
ijobiy hal etishda hamkorlik qiladilar. Zamonning aktual muammolaridan 
biri urushlarni to‘xtatish va tinchlikni ta’minlashdan iborat. Butun insoniyat 
tarixida bizning sayyoramizda 15 mingdan ortiq urush bo‘lib o‘tgan. Ularda 
3,5 mlrd atrofi da odam halok bo‘lgan. Shuning uchun ham kishilar hamma 
vaqt vujudga kelgan muammolarni tinchlik yo‘li bilan hal etish haqida bosh 
qotirganlar.
Yodda tuting!


33
Ikkinchi jahon urushi (1939–1945-yillar) tugaganidan keyin tinchlikni 
va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1945-yil 24-oktabrda San-
Fransisko (AQSH) shahrida 51 ta davlat Tinchlik konstitutsiyasi deb hisob-
lashga huquqli bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Nizomini 
tasdiqladi.
Hozirgi vaqtda 193 ta davlat, shu jumladan, O‘zbekiston ham BMT 
a’zosidir. O‘zbekiston 1992-yil 2-martda BMTning to‘la huquqli a’zosi 
bo‘lgan. 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling