21
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida
qanday umuminsoniy qadri-
yatlar mustahkamlangan?
2. Siyosiy plyuralizm nima?
3. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofi q mamlakatda qan-
daydir davlat mafkurasining joriy etilishi nima uchun taqiqlangan?
4-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING
ASOSIY PRINSIPLARI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– davlat
mustaqilligi nima ekanligini;
– davlat mustaqilligi e’tirof etilishi qanchalik muhimligini;
–
demokratiya mohiyatini;
– demokratik prinsiplar ahamiyatini bilib olasiz.
1. Davlat suvereniteti.
2. O‘zbekiston Respublikasi – mustaqil suveren davlat.
3. Demokratiya – xalq hokimiyatchiligi.
4. Konstitutsiyaviy tuzum prinsiplari.
1. DAVLAT SUVERENITETI
Suverenitet
(fransuzcha “
souverainete”) – davlatning o‘z
ichki ishlari-
da va tashqi muno sabatlarida boshqa davlatlardan mustaqilligidir.
Qanday fi krdasiz, hozirgi zamonda dunyodagi boshqa davlatlardan butunlay
mustaqil davlat bo‘lishi mumkinmi? Boshqacha aytganda, biror davlat mutlaq davlat
suverenitetiga ega bo‘lishi mumkinmi?
O‘zbekiston – suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston
Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 1-modda.
?
?
O‘zingizni sinang!
Do'stlaringiz bilan baham: