G. M. Tansikbayeva, V. A
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-dekabr – O‘zbe kiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING
QABUL QILINISHI O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1990-yil 24-martda bo‘lib o‘tgan XII chaqiriq birinchi sessiyasida yangi Konstitutsiyani ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqildi. Oliy Sovetning 1990-yil 20-iyunda bo‘lib o‘tgan ikkinchi sessiyasida Respublika Prezidenti Islom Karimov raisligida Konstitutsiya komissiyasi tuzildi. O‘zbe kiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi olim, jamoat namoyandalari va davlat boshqaruv organlari mutaxassislari tomonidan puxta ishlab chiqildi. Uni yaratish uchun uchta komissiya tuzilib, ular bir- biridan mustaqil ravishda Asosiy qonun loyihalarining o‘z variantlarini tayyorladilar. Har bir loyiha muhokamasidan keyin eng optimal varianti tanlab olindi. Bu variant boshqa variantlardagi ma’qul qismlari bilan to‘ldirildi. Konstitutsiyaning umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi. Muhokama jarayonida loyihaga 80 dan ortiq tuzatishlar kiritildi. Bunday muhokama natijasida Konstitutsiya muntazam tuzatishlar kiri- taverishga hojat bo‘lmaydigan mukammal hujjat holatiga keldi. Keng umumxalq muhokamasi davomida bildirilgan ko‘p taklifl ar ino- batga olingan holda komissiya tomonidan tay yorlangan Konstitutsiya loyihasi Oliy Kengash muhokamasiga qo‘yildi. 1992-yilda Oliy Kengashning XI sessiyasida bu loyiha ma’qullandi va O‘zbekiston Respub likasining hozir amal qilayotgan Konstitutsiyasi qabul qilindi. 14 Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi shu tarzda amalga kiri tildi, 8-dekabr – O‘zbe kiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. 1992-yilda qabul qilingan Konstitutsiyaning asosiy xususiyati shun- dan iboratki, unda inson, uning hayo ti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat deb e’lon qilingan; inson manfaatlari, uning huquqlari va erkin- liklari davlatnikiga nisbatan ustuvorligi tan olingan; davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri vazifasi – inson va jamiyat manfaatlariga xizmat qilish deb belgilan- gan; siyosiy plyuralizm prinsipi mustahkamlab qo‘yilgan; xalq hokimiyat- ning yagona manbayi deb tan olingan, shuningdek, xalqaro normalarning ustuvorligi mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zingizni Konstitutsiya loyiha- sini tayyorlash bo‘yicha Konstitutsiya komissiyasining a’zosi deya tasavvur qiling. Komissiyangizga 16 yosh ga to‘lgan shaxslarning saylovlarda ishtirok etishiga ruxsat berilishi xususida taklif tushdi. Guruhlarga bo‘lining, ulardan ikkitasi bu taklifni qabul qilishni yoq lasin, ikkitasi esa qarshi bo‘lsin. Har bir guruh muhokama uchun asoslar tay yorlashi lozim. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling