G. M. Tansikbayeva, V. A


HUQUQIY IDEALIZM VA HUQUQIY NIGILIZM


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

3. HUQUQIY IDEALIZM VA HUQUQIY NIGILIZM
Yurisprudеnsiyada kishining huquqiy madaniyati darajasi baholana-
digan tushuncha mavjud. Ularga shaxsning huquqiy madaniyati, huquqiy 
idеalizm va huquqiy nigilizm kabi tushunchalar taalluqlidir.
Shaxsning huquqiy madaniyati
quyidagilarni ko‘zda tutadi: huqu-
qiy bilimlarga, huquqiy axborotlarga ega bo‘lishi, olgan axborot va 
huquqiy bilimlarning huquqiy ishonchga aylanishi, huquqqa rioya qilish-
ga odatlanishi, ushbu huquqiy bilimlarga va huquqiy e’tiqodga tayan-
gan holda ish yuritishga tayyorligi, ya’ni qonunga muvofi q ish 
olib borishi, o‘z huquqidan foydalanishi, majburiyatlarni bajarishi, 
1-topshiriq
Yodda tuting!


15
taqiqlanishlarga rioya qilishi, shuningdek, o‘ziga nisbatan huquqbuzarlik 
sodir qilinganda huquqlarini himoya qila olishi.
Huquqiy idеalizm
– bu qonunning butun kuchiga va chеksiz imkoni-
yatlariga ishonishdir. 
Huquqiy idеalizm tarafdorlari “yaхshi qonunlar” qabul qilishning o‘zi 
yеtarli, shu bilan butun muammolar hal bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari sura-
dilar.
Huquqiy nigilizm
– qonunga, huquqqa nisbatan hurmatsizlik, qonun 
talablariga rioya etmaslik. Huquqiy nigilizm amaldagi qonunlarni buzish va 
og‘ir jinoyatlarni sodir etishda namoyon bo‘ladi. 
Bunda huquqni buzgan yoki jinoyat sodir etganlarning ko‘pchiligi qila-
yotgan xatti-harakatlari qonu 
nda taqiqlanganligini biladilar, ammo noqo-
nuniy xatti-harakatlarini hеch kim sezmaydi, dеb ishonishadi.
Huquqiy idеalizm va huquqiy nigilizm tushunchasidan kеlib chiqib, huquqqa nis-
batan o‘z munosabatingizni aniqlang. Fuqaroning huquqiy ongi shakllanishida Asosiy 
qonun – O‘zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi qanday rol o‘ynaydi?
qonun hujjatlarini yangilash zaruriyati;
1990-yil 20-iyun – Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha 
Konstitutsiya komissiyasining tuzilishi;
1991-yil 31-avgust – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilli 
gining 
e’lon qilinishi;
1992-yil 8-dekabr – O‘zbe kiston Respublikasi Konstitutsiya sining 
qabul qilinishi; 
Konstitutsiyaning asosiy xususiyati: davlat – inson uchun; 
inson manfaatlarining davlatnikiga nisbatan ustuvorligi; 
davlat va fuqarolarning bir-biriga nisbatan o‘zaro huquqlari va 
mas’uliyatlari; 
xalqaro qonunlarning ustuvorligi; 
xalq – davlat hokimiyatining birdan bir manbayi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling