G. M. Tansikbayeva, V. A
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. KONSTITUTSIYAGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH SHARTLARI
1-topshiriq
180 konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish, basharti, hatto qaror topgan qarashlar va e’tiqodlar o‘zgartirilishini talab etgan taqdirda ham, muqarrar tus oladi. Hayotning o‘zi amaldagi qonunlarga muayyan tuzatishlar va qo‘shim- chalar kiritilishini talab qiladi. Jahon amaliyotida konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishdan keng foy- dalaniladi. Ma’lumki, hatto qabul qilinganiga ikki yuz yildan oshib ketgan AQSH Konstitutsiyasi singari barqaror amal qiluvchi konstitutsiyaga ham 27 ta tuzatish kiritilgan edi. Jahonda qabul qilingan paytidan buyon biron-bir o‘zgartirishga uch- ramagan konstitutsiyalar ham mavjud. Ular jumlasiga, masalan, Yaponiyaning 1947-yilgi Konstitutsiyasi va Daniyaning 1953-yilgi Konstitutsiyasi kiradi. Hozirda faqat bir necha davlatlargina (Buyuk Britaniya, Isroil, Saudiya Arabistoni, Butan va Ummon) qonunlarning konstitutsiyaviy majmuasiga ega emas. O‘zingizni Asosiy qonunni o‘zgartirish bo‘yicha konstitutsiyaviy komissiya a’zosi sifatida his qiling. Konstitutsiyaga bir qancha o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqishingiz kerak: – bir qator jamoat tashkilotlarining komissiyaga murojaatlarida o‘zla- riga qonunchilik tashabbusini biriktirib qo‘yish to‘g‘risidagi masalani qo‘yishmoqda; – saylovchilar guruhi nopok ishlar bilan shug‘ullangan deputatni chaqirib olishmoqchi; – bir guruh huquqshunos olimlar va tergovchilar jinoyat sodir etgan- likda gumon qilinayotgan shaxslarning telefon orqali so‘zlashuvlarini eshi- tishga ruxsat etilishi to‘g‘risidagi taklifni kiritishmoqchi. Aytib o‘tilgan taklifl arni ko‘rib chiqishni qabul qilasizmi? O‘z javobingizni asos- lab bering. 2. KONSTITUTSIYAGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH SHARTLARI O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida uning tez-tez o‘zgar- tirilishiga to‘sqinlik qiluvchi barqarorligini ta’minlash borasidagi bir 2-topshiriq 181 qator muhofazakor choralar nazarda tutilgan. Ular Asosiy qonunning 6-bo‘limida bayon etilgan bo‘lib, unda tuzatishlar kiritish tartibi va shartlari keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiri- tishga qonunga ko‘ra faqat buning uchun Oliy Majlis Qonunchilik palata- si deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonidan uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda yoki O‘zbekiston Respublikasi referendumi davomidagina yo‘l qo‘yiladi. Qonunchilik organi tegishli taklif kiritilganidan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har tomonlama muhokamani inobatga olgan holda qaror qabul qili- shi mumkin. Agar Oliy Majlis o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, u kamida bir yildan keyingina Oliy Majlis muhokamasiga qayta kiritilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har tarafl ama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiri- tish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling