G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 6-modda


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 6-modda.
Sizningcha, soliq iqtisodiyotga va mamlakat aholisining turmush darajasiga qay 
tarzda ta’sir o‘tkazadi?
Soliqlar yig‘imi bo‘lmagan mamlakatni ayta olasizmi?
Soliqlar yig‘imisiz mamlakat mavjud bo‘la olmaydi. Chunki davlat 
ta’lim berish, mamlakat chegaralarini qo‘riqlash va davlat ichkarisida tartib 
saqlash, davlat organlarining ishini muvofi qlashtirish kabi vazifalarni o‘z 
zimmasiga olgan. Soliq yig‘imi bo‘lmasa, faoliyati moddiy ishlab chiqarish 
bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha shaxslarga mehnat haqini to‘lash imkoni-
yati ham bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. 
Soliqlar joriy qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 
haqli.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 123-modda.
Soliqlarni to‘lamaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishni adolatli deb hisob-
laysizmi? O‘z javobingizni asoslab bering.
Chinakamiga baxtli odamlarning aksariyati o‘zlarini shaxs sifatida 
namoyon eta olganlari – o‘z niyatlarini jamiyatga kerakli ishda ro‘yobga 
chiqarganlari, o‘z xatti-harakatlari orqali iqtisodiy mustaqillikka erishgan-
lari uchun ham o‘zlarini shunday deb hisoblaydilar. 
Qonun belgilaydi
3-topshiriq
4-topshiriq
Asosiy qonun belgilaydi


178
Kasbni tanlash uchun maktabdagi o‘qish va ota-onalar maslahati hal 
qiluvchi ahamiyatga ega.
o‘z moliya va kredit tizimi; 
asosiy vazifa – budjetni qabul qilish va ijro etish, soliqlar 
yig‘imi;
pulni muomalaga chiqarish;
moliya tizimi – banklar, omonat kassalari
1994-yil 1-iyul – milliy valuta – so‘m muomalaga kiritildi; 
Markaziy bank, bank tizimiga rahbarlik qiladi; 
bosh maqsad – valuta barqarorligini ta’minlash; 
soliq – fuqarolarning konstitutsiyaviy majburiyati
daromad solig‘i; 
soliqlarni Oliy Majlis belgilaydi.



Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling