G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 128-modda


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 128-modda.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2014-yil 
16-aprelda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
ayrim moddalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 
Qonunga muvofi q (32, 78, 93, 98, 103, va 117-moddalar) Konstitutsiya 
moddalariga mos keladigan quyidagi yangi tartib-qoidalar kiritildi: 
– hukumat mamlakatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalari bo‘yicha 
yillik ma’ruzani parlamentga taqdim etish majburiyatini oladi;
– hokimlar viloyatlar, tumanlar va shahar xalq deputatlari Kengashiga 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha 
hisobotlarni taqdim etadi;
Asosiy qonun belgilaydi


182
– Bosh vazir lavozimiga nomzod uning nomzodligi parlamentda ko‘rib 
chiqilayotganda hukumatning yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan das-
turini taqdim etadi. 
Shu bilan birga, vakolatli deputatlar organlarining roli va ahamiyati
ularning jamiyat hayotidagi imkoniyatlari oshadi, shuningdek, siyosiy 
partiyalarning, mahalliy kengashlardagi deputatlar guruhining mintaqalarni 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlantirish ustuvorligini aniqlashdagi rolini 
oshiradi.
Bu bilan esa vakillik deputatlik organlari roli va ahamiyati ortadi
jamiyat hayotida ularning real imkoniyatlari tubdan o‘zgaradi, shuning-
dek, mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi ustuvor yo‘nalishlarini 
belgilashda siyosiy partiyalar, mahalliy kengashlardagi ularning deputatlik 
guruhlari roli sezilarli kuchayadi. 
Bu, shuningdek, samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit si-
yosatini amalga oshirish, fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda 
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 
dasturlar ishlab chiqish va ularni ro‘yobga chiqarish uchun mansabdor 
shaхslarning mas’uliyatini yanada oshirishga imkoniyat yaratadi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling