G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Yodda tuting!
2-topshiriq


175
4. DAVLATNING BANK TIZIMI
Banklar tashkil etilishi va faoliyati huquqiy negizini “Banklar va 
banklar faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident farmonlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining hujjatlari tashkil qiladi.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofi q bank tizimining ikki bo‘g‘ini 
mavjud: quyi bo‘g‘in – kredit tashkilotlari va xorijiy banklarning moli-
yaviy mablag‘lari, oliy bo‘g‘in – O‘zbekiston Respublikasining Markaziy 
banki.
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini respublika Markaziy banki 
boshqaradi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 124-modda.
Bank
(italyancha “banka” – o‘rindiq yoki fransuzcha “bangue” – 
sandiq) – yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (hissalar) qabul 
qilinishini hamda qabul qilib olingan mablag‘lardan kreditlar berish va 
har xil to‘lovlar amalga oshirilishi uchun foydalanishni ro‘yobga chiqa-
ruvchi yuridik shaxs.
O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy bank to‘g‘risida”gi Qonuniga 
muvofi q Markaziy bank milliy valuta barqarorligini muhofaza qilish va 
ta’minlashga yo‘naltirilgan yagona pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi va 
yuritadi. O‘zbekiston Respublikasida naqd pullarni muomalaga chiqarish 
va muomaladan olib qo‘yishning mutlaq huquqi O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankiga taalluqlidir. Banknotlarning qalbakilashtirilishi va qo-
nunga xilof yasalishi qonun tomonidan ta’qib etiladi.
5. SOLIQLAR NEGA KERAK?
Soliq
– barcha yuridik va jismoniy shaxslar davlat yoki mahalliy bud-
jetga amalga oshiradigan umummajburiy to‘lovlarning bir turi. 
Asosiy qonun belgilaydi
Yodda tuting!


176
16-sxema. 
Soliq to‘lovchi
Maktablar
Shifoxonalar
Pensiyalar
Yo‘l infratuzilmasini 
ta’minlash
Milliy xavfsizlikni 
ta’minlash
Bolalar bog‘chalari
SOLIQLAR
Soliqlarni belgilash, yuritish va to‘lash bilan bog‘liq barcha muno-
sabatlar O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan boshqariladi. 
Mazkur Kodeksga muvofi q soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining 
barcha hududida soliq to‘lovchilar uchun yagona sanaladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksining 5-moddasiga muvofi q, soliq qonunchiligi 
soliq to‘lashning majburiylik, soliqqa tortishning adolatlilik, soliq qonun-
chiligining oshkoralik va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prin-
siplariga asoslanadi.


177
Soliqqa tortish bevosita – hisobga olingan daromaddan yoki mol-mulk 
qiymatidan hamda bilvosita bo‘ladi, ya’ni tovar va xizmatlar narxini, aksiz 
solig‘ini, bojxona bojlarini va hokazolarni oshirish orqali undiriladi.
Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliq va boshqa majburiy 
to‘lovlarni to‘lashi shart.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling