78
3. INSON HUQUQLARI BO‘YICHA MILLIY INSTITUTLAR
O‘zbekistonning mustaqil rivojlanish yillarida inson huquqlarini hi-
moya qilish bo‘yicha inson huquqlari himoyasi
mexanizmini kengayti-
rishga yo‘naltirilgan yangi milliy institutlar tashkil qilindi. Ular jumlasiga
quyidagilar kiradi:
– Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha Vakillik instituti –
Ombudsman;
– Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi amaldagi qonun
-
c hilik hujjatlari monitoringi instituti.
Ombudsman
Inson huquqlari bo‘yicha Vakillik instituti – Ombudsman 1995-yilda
qonun chiqa ruvchi hokimiyat tizimida, ya’ni Oliy Majlis huzurida tash-
kil qilingan bo‘lib, sudlovchi sanalmaydi.
Ombudsman davlat organlari
tomonidan inson huquqla riga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini
amalga oshiradi.
Ombudsmanning vazifalariga quyidagilar kiradi:
– mamlakatda inson huquqlariga rioya etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ish-
lar holatini o‘rganish;
– inson huquqlari buzilishi sabablarini aniqlash,
ularni bartaraf etish
bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish;
– insonning buzilgan huquqlarini tiklash uchun aniq chora-tadbirlar
ko‘rish.
Ombudsman huzurida konstitutsiyaviy huquq
va erkinliklarga rioya eti-
lishi bo‘yicha komissiya tuzilgan. U fuqarolar va tashkilotlardan o‘z nomiga
kelgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi.
O‘z qonuniy huquqlari buzilganligi haqida shikoyat bilan har bir ki-
shi (respublika
fuqarosi, ajnabiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs)
Ombudsmanga faqat himoyaning boshqa barcha vositalaridan (sudga,
prokura turaga va boshqalarga murojaat qilishdan) foydalangandan keyingina
murojaat qilishi mumkin. Fakt tasdiqlangan taqdirda Ombudsman huquqbu-
zarlikka yo‘l qo‘ygan tashkilotga o‘z xulosasi bilan murojaat qiladi.
Ombudsman xulosasi tavsiyaviy xarakterga ega. Xulosa e’tiborga olin-
masa, Ombudsman o‘zi ning yillik ma’ruzasida
bu haqda Oliy Majlis depu-
tatlari va senatorlariga ma’lum qiladi.
79
Ombudsmanga shikoyat yozma ravishda barcha zarur hujjatlar (o‘z
shikoyatiga boshqa tashkilotlarning javoblari, sud qarori,
hukmi va
hokazolar)ni ilova qilgan holda beriladi.
Shikoyatni ko‘rib chiqish uchun o‘n kunlik muddat belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: