82
1. HUQUQ VA BURCHLAR BIRLIGI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nafaqat O‘zbe
kiston
Res publikasi fuqarolarining asosiy huquqlari,
qolaversa, ularning burchlari
ham belgilab berilgan.
Ko‘pchilikka ma’lum bir haqiqat mavjud:
“Xuddi huquqlarsiz burch-
lar bo‘lmagani kabi burchlarsiz huquqlar ham bo‘lmaydi”.
Buni hayotning o‘zi tasdiqlaydi.
Jamiyatda yashab, o‘ziga o‘xshaganlar
bilan muomala qilar ekan, inson mutlaq erkin bo‘la olmaydi, atrofdagi
odamlarni inobatga olmasligining iloji ham yo‘q.
Bu prinsip har bir fuqaroga taalluqlidir hamda
mamlakat Konstitutsiyasi
va qonunlarida mustahkamlab qo‘yilgan majburiyatlardan bo‘yin tovlashga
hech kim haqli emasligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (11-bob) fuqarolar-
ning quyidagi burchla rini nazarda tutadi:
– Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish (48-modda);
– O‘zbekiston
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab
asrash (49-modda);
– atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish (50-modda);
– qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash (51-
modda);
– o‘z mamlakatining himoyachisi bo‘lish, harbiy yoki muqobil xizmatni
o‘tash (52-modda).
Ayni mahalda Konstitutsiyada o‘z huquq va
erkinliklarini amalga oshi-
rishda fuqarolar boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni
va qadr-
qimmatini hurmat qilishlari lozimligi alohida ta’kidlanadi (48-modda).
Konstitutsiyaviy burchlar va qonunlar fuqarolar tomonidan bajarilmagan
hollarda ma’muriy, fuqaroviy yoki jinoiy javobgarlik kuchga kiradi.
Tasavvur qiling, sizning sinfi ngiz – uncha katta bo‘lmagan jamiyat. Sizningcha,
agar uning fuqarolari barcha huquq va erkinliklarga ega bo‘lishsa-yu, ammo ularning
biron-bir burchi bo‘lmasa, nima ro‘y beradi?
Do'stlaringiz bilan baham: