84
Vatan himoyasi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Vatan himoyachisi
bo‘ lish mamlakat
har bir fuqarosining burchi, deb e’lon qilingan (52-modda).
12.12.2002-yildagi (o‘zgartirishlar kiritilgan) “Umumiy harbiy majburiyat
va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunga muvofi q o‘z Vatanini himoya qi-
lish burchi fuqarolar tomonidan harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash yo‘li
bilan bajariladi.
Muqobil xizmat odatda xalq xo‘jaligi korxonalarida
malaka talab qilin-
maydigan ishlarni bajarishga jalb qilishni ko‘zda tutadi.
Ayollar tinch davrda harbiy xizmatga chaqirilmaydi.
O‘zbekistonda doimiy yoki vaqtincha yashab turgan boshqa davlatlar
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar harbiy xizmatni ado etmaydilar
hamda mamlakat o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tmaydilar.
Muddatli harbiy xizmatga salomatligi holatiga ko‘ra
harbiy xizmatga
yaroqli, chaqiruv kunida 18 yoshga to‘lgan erkaklar chaqiriladi. 1993-yilda
14-yanvar kuni bizning davlatimizda
Vatan himoyachilari kuni deb e’lon
qilingan.
Asosiy qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbe kiston
Respublikasi
har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda har-
biy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 52-modda.
85
Ta’lim olish – voyaga yetmagan fuqarolarning
asosiy majburiyati
Voyaga yetmagan mamlakat fuqarolarining asosiy burchlaridan biri
umumiy o‘rta ta’lim olishdan iborat. Maktabda to‘qqiz yillik ta‘lim
olgan-
dan keyin o‘quvchilar akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida yoki boshqa
ixtisos lashtirilgan o‘quv muassasalarida ta’limni davom ettiradilar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofi q har kim ta’lim
olish huquqiga ega va har kimning bepul umumiy ta’lim olishi kafolatlanadi.
Hozirgi kunda respublikamizda 50 dan ortiq oliy o‘quv yurti, 1500 dan
ortiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasasi, 10 mingga yaqin umumiy
o‘rta ta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning butun kuch-g‘ayrati
ta’lim oluvchilar har tomonlama kamol topgan,
yuksak umumiy madaniyat
saviyasiga ega ijodkor shaxslar bo‘lishiga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: