G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari 
Uzluksiz ta‘limning faoliyat ko`rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat: 
ta‘limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega 
ekanligi, bilim, ta‘lim va yuksak intellektning nufuzi; 
ta‘limning demokratlashuvi ta‘lim va tarbiya uslublarini tanlashda o`quv 
yurtlari 
mustaqilligining kengayishi, ta‘limni boshqarishning davlat-jamiyat 
tizimiga o`tilishi; 
ta‘limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning 
ta‘limga nisbatan bo`lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va 
umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta‘minlanishi, inson, jamiyat va atrof-
muhit o`zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi; 
ta‘limning ijtimoiylashuvi ta‘lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil 
qilish, ularda yuksak ma‘naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; 
ta‘limning milliy yo`naltirilganligi ta‘limning milliy tarix, xalq an‘analari va 
urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O`zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab 
qolish va boyitish, ta‘limni milliy taraqqiyotning o`ta muhim omili sifatida e‘tirof 
etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; 
ta‘lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol 
topgan insonni shakllantirishga yo`naltirilganligi; 
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta‘limning eng yuqori darajasida, izchil 
ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. 
Pedagogika fanlarining alohida sohasi va o`quv predmeti sifatida qiyosiy 
pedagogika pedagogika va ta‘lim tarixi, etnopedagogika va etnopsixologiya, 
didaktika, tarbiya nazariyasi, psihologiya, etnografiya, sotsiologiya, falsafa va 
boshqa fanlar bilan bog‘liqdir. Bir paytning o`zida qiyosiy pedagogika ilmiy 
bilishning mustaqil sohasi bo`lib o`z predmeti, obyekti, vazifalari va bajaradigan 
ishi bilan farq qiladi. Qiyosiy pedagogika uchun pedagogika tarixi, falsafa va 
ta‘lim tarixi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, aynan qiyosiy pedagogika 
kursida turli davlatlarda pedagogik fikr taraqqiyoti muammolari kengroq va 
kompleks o`rganiladi. Shu bilan bir qatorda pedagogika tarixi, falsafa va ta‘lim 
tarixi fanlari qiyosiy pedagogika mazmunini aynan takrorlamaydi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling