G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Qiyosiy pedagogika alohida fan sohasi sifatida
5 I BOB. QIYOSIY PEDAGOGIKAGA (PEDAGOGIK KOMPARATIVISTIKA 1 GA) KIRISH 1 Qiyosiy pedagogika alohida fan sohasi sifatida (Qiyosiy pedagogika tushunchasi, uning obyekti, predmeti, vazifasi va bajaradigan ishi; milliy ta‘lim tizimi tushunchasi). Qiyosiy pedagogika tushunchasi. Qiyosiy pedagogika yoki komparativistika dastlab falsafa fanlari sohasida shakllangan bo`lib, turli masalalarni, jumladan, o`sib kelayotgan yosh avlod ta‘lim-tarbiyasi muammolarining jahon mamlakatlarda rivojlanish masalalarini ham o`rgangan. Qadim zamonlardayoq, falsafiy ta‘limotlar mazmunida turli xalqlar va mamlakatlarda bolalarga qanday ta‘lim-tarbiya berganliklari to`g‘risida anchagina ma‘lumotlar mavjud edi. Ularda ta‘lim-tarbiya metodlari va qadriyatlari umumlashtirilgan bo`lib, katta avloddan yosh avlodga hayotiy tajribani qanday etkazilayotganligining o`ziga xos jihatlari tahlil qilingan edi. Zamonaviy tilda qiyosiy pedagogika komparativistika deb ham ataladi. Komparativizm (lot. comparativis-qiyosiy) qiyoslash va taqqoslash ma‘nosini anglatib, tarixiy taraqqiyot tendensiyalarining o`xshash va farqli jihatlarini aniqlash, o`xshash hodisalarning o`zaro mos jihatlarini ajratishni o`zida mujassamlashtiradi. Ingliz tilida ―to compare‖ ham ―taqqoslash‖ degan ma‘noni anglatadi. Mustaqil falsafiy tushuncha sifatida komparativizm turli fan sohalarida, shuningdek, adabiyotshunoslikda turli xalqlar badiiy adabiyotida obraz va syujetlar rivojlanish jarayonini qiyosiy tarixiy tahlil etishda qo`llaniladi. Ta‘lim nazariyasida ―komparativistika‖ tushunchasi ―qiyosiy pedagogika‖ tushunchasi bilan bir sinonik qatorda turadi. Shuning uchun pedagogikaning bu sohasini ―pedagogik komparativistika” deb atasa ham xato bo`lmaydi. Tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, chet el manbalarida ko`proq ―qiyosiy pedagogika‖ emas, balki ―qiyosiy ta‘lim‖ atamasi ishlatiladi. Zero, ―ta‘lim‖ (ing. ―education‖) so`zi pedagogika (―pedagogie‖) so`ziga nisbatan keng ma‘noda qo`llaniladi. Chet el pedagogik an‘anasiga ko`ra ―ta‘lim‖ so`zi rivojlanish, ta‘lim va tarbiya birligini anglatadi. Shu bilan bir qatorda pedagogika faqat bolalarning ta‘limi va tarbiyasiga taalluqli tushuncha sifatida qo`llaniladi. Shuning uchun ham chet el ta‘rifida ―qiyosiy ta‘lim‖ (―education compare‖) iborasini ―qiyosiy pedagogika‖ (―pedagogie comparative‖) ga nisbatan ko`proq ishlatilishini kuzatamiz. Biz ―qiyosiy pedagogika‖, ―pedagogik komparativistika‖, ―qiyosiy ta‘lim‖ va ―komparativistika‖ tushunchalarini bir ma‘nodosh so`zlar qatorida qo`llaymiz. Chunki bir qancha farqli jihatlariga qaramasdan, zamonaviy pedagogik nazariyasi va amaliyotida bu tushunchalar tez-tez aynan bir xil hodisa va jarayonlarni belgilashda ishlatiladi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, bugungi kunda ―qiyosiy pedagogika‖ tushunchasi O`zbekistonda kengroq tarqalgan. Umuman olganda, qiyosiy pedagogika turli mamlakatlarda maorif, ta‘lim va tarbiyaning o`ziga xos jihatlarini o`rganuvchi pedagogikaning mustaqil tarmog‘i 1 Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling