G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Jahon mamlakatlarida ta’limni integratsiyalashtirish va kasbga


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

3.2. Jahon mamlakatlarida ta’limni integratsiyalashtirish va kasbga 
yo’naltirish masalalari 
Integratsiyalashtirilgan o‘quv dasturlarining mualliflari barcha yondosh o‘quv 
kurslarini o‘zak predmet va g‘oya, atrofiga jipslashtirishga harakat qiladi, bu 
o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. Ammo bunday 
uslub 
hamma 
vaqt 
ham 
ko‘zlangan 
natijani 
bermaydi. 
Chunki, 
integratsiyalashtirilgan 
o‘quv 
kurslari 
mutlaq 
ko‘pchilik 
o‘quvchilarga 
mo‘ljallangan bo‘lib, u kimgadir zarur, kimgadir keraksiz.
Bu muammoni to‘ldirish, o‘quvchilarning u yoki by kursga bo‘lgan ehtiyojini 
to‘la qondirish uchun maktablar alohida predmetlardan chuqurlashtirilgan kurslarni 
tavsiya etmoqda. Masalan, G‘arbiy Yevropa maktablarida 15 foiz o‘quvchilar 
fizika fanini chuqurlashtirib o‘rganishmoqda. So‘nggi yillarda AQSHda ilmiy 
bilimlarni 
chuqurlashtirib, 
o‘rgatishni 
ta‘minlash 
maqsadida 
integratsiyalashtirilgan kurslarning turli variantlari ishlab chiqildi.
Chet el tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ta‘lim mazmunini qayta qurish ishida 
shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Fikrimizcha, bu sohadagi samarali 
yo‘l integratsiya va ixtisoslashtirishga asoslangan o‘quv dasturlarini yaratishdir.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda mehnat ta‘limi hamda kasbga 
yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning eng e‘tiborga moligi, shu 


49 
ta‘lim sohasi bo‘yicha o‘quv dasturlarini kengaytirish, professional kadrlarga 
etibor qaratish, kuchli moddiy bazani barpo etish yo‘lidir. 1977 yilda AQSHda 
qabul qilingan ―Mehnat faoliyatiga tayyorlash akti‖ning asosiy g‘oyasi ham shunga 
qaratilgan. Umuman olganda, AQSHda bu masalaga munosabat jiddiy. Kollejlarda 
kotejlar qurish, avtomobillarni ta‘mirlash, kompyuterlarni terish kabi amaliy 
faoliyat, mavjudki, ular o‘quv muassasalariga ma‘lum miqdorda daromad ham 
keltiradi.
G‘arpiy Yevropada ham bu sohada o‘ziga xos yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. 
Masalan, Fransiyada mehnat ta‘limiga ajratilgan o‘quv soatlari 1,5 barobar 
oshirildi. Buyuk Britaniyada «Mehnat ta‘limi va kasbga tayyorlash» aktiga (1973 
yil) muvofiq maktablar bir qanchafaoliyat sohasi bo‘yicha majburiy kasb-kor 
dasturini o‘zlashtirmoqda.
Mehnat ta‘limida stajirovka asosiy o‘rinda turadi. Stajirovka dasturi va u 
amalga oshiriladigan korxonani tanlashda ota - onalar bilan kelishib olinadi. 
Stajirovkalarni tashkil qilish va amalga oshirishga ketadigan sarf-xarajatlarning 
katta qismini sanoatchilar va finansistlar to‘laydi. Masalan, Germaniyada mehnat 
ta‘limi stajirovkasini amalga oshirishga 450 ming kompaniya va korxonalar 
yordam beradi. Ular ichida kichik ustaxonalardan tortib ―Mersedes Bens‖ kabi 
ulkan korxonalar ham bor.
Mehnat ta‘limi bilan bir qatorda kasbga yo‘naltirish ishlari ham zamon 
talablariga hamohang takomillashib bormoqda.
Kasbga yo‘naltirish darslari barcha rivojlangan davlatlarda mavjud. Bunday 
darslarda mehnat olamidagi o‘zgarishlar va tendensiyalar bilan bir qatorda kasb -
kor sohibi bo‘lish imkoniyatlari ham o‘rgatiladi. Kasbga yo‘naltirish darslarini fan 
o‘qituvchilari hamda maxsus kasbga yo‘naltirish ishlari bo‘yicha maslahatchilar 
olib boradi. Bundan tashqari kasbga yo‘naltirish konsultatsiya punktlari ham 
mavjud bo‘lib, ular yuqori sinf o‘quvchilari va ota - onalarga shu soha bo‘yicha 
konsultatsiyalar tashkil etadir. Bunday konsultatsiya punktlari maktablar tarkibiga 
kirmaydi. Ular xususiy yoki mehnat birjalari tasarrufida bo‘ladi.
Kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etishda korxonalar amalga oshirayotgan 
ishlar ham e‘tiborga molikdir. Ularning shtatli konsultantlari maktablarda kasbga 
yo‘naltirish bo‘yicha keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib boradilar.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling