G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Kechki maktablar va kollejlar
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy ta’lim olish yili.
- Maxsus yuqori maktablar.
- Maxsus kasb – hunar maktablari.
Kechki maktablar va kollejlar. Ushbu muassasalarda o‘smirlar o‘zlarining
―ikkinchi ta‘lim yo‘llari‖ni bosib o‘tib, asosiy maktab, real maktab yoki umumiy oliygohga kirish huquqini beruvchi bitiruv hujjatlariga ega bo‘ladilar. Bularga kechki asosiy maktab, kechki real maktab yoki kechki gimnazilar kiradi. Darslar kechqurun tashkil etiladi, o‘quvchilar dastlabki o‘quv yillarida ishlashadi. Kollejlarda esa umumiy oliygohga kirish hujjatini olish mumkin. Ular to‘liq maktab hisoblanadi va o‘quvchilar ishlamaydilar. Kasbiy ta’lim olish yili. Ishtirokchilarga to‘liq vaqt yoki qisman vaqt tashkil etiladigan darslar orqali umumiy yoki biror bir kasbga yo‘naltirilgan kasbiy bilimlar beriladi. Dual kasbiy ta’lim. Tizim ―dual‖ deb ataladi, chnki ta‘lim ikki joyda amalga oshiriladi: korxonada va kasb-hunar maktabida. Germaniyada kasbiy ta‘lim bosqichidagi asosiy soha bo‘lib, o‘smirlarning 60 %i ushbu tizimda kasbiy ta‘lim olishadi. Ba‘zi kasblar bo‘yicha tahsil olish tahlil olish tartib-qoidalari asosida amalga oshiriladi. (mamlakat bo‘yicha qabul qilingan huquqiy tartiblar). Hozirda ta‘lim olish tartib – qoidalari asosida 350 ta tan olingan kasb – hunar bor. Maxsus yuqori maktablar. Ular real maktab yoki shu darajada tan olingan bitiruv hujjati asosida shakllantiriladi. Bu maktabda o‘qish muntazam tashkil etiladi va bir yil davom etadi, qisman dars tashkil etilishi holatlarida esa 3 yil. Bitiruv hujjati maxsus oliygohlarda tahsil olish huquqini beradi. Maxsus kasb – hunar maktablari. Maxsus kasb-hunar maktablari muntazam dars beruvchi muassasa hisoblanadi va o‘qish kamida bir yil davom etadi. Bu maktablarga kasbga tayyorlov bo‘yicha muntazam maktabni tugatgandan so‘ng yoki hech qanday kasbiy amaliy ma‘lumot olmaganlar ham borishi mumkin. U bitiruv imtihoni bilan yakunlanadi, ikki yillik ta‘limdan so‘ng beriladigan hujjat real maktabning bitiruv hujjatiga mos keladi, maxsus kasbiy maktabda tahsil olish huquqini beradi. Bitiruvchilar dual kasbiy ta‘limda ham tahsil olishlari mumkin. Germaniyada uchinchi bosqich o‘rta ma‘lumotiga ega bo‘lganlar soni tobora ortib bormoqda: maktablarning ko‘pchilik bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlarida ta‘lim olishga qaror qilishmoqda. Maktabni oliy o‘quv yurtiga kirish huquqisiz tamomlagan yoshlar, odatda, kasb-hunar ta‘limi tizimiga kirib boradi. Lekin oliy o‘quv yurtiga kirish huquqiga ega bo‘lganlarning ko‘pchiligi ham kasb-hunar ta‘limini tanlaydi. Ko‘pchilik yoshlar o‘qishni «dual tizim» doirasida o‘taydi, ya‘ni korxonada amaliy tayyorgarlik bilan kasb-hunar maktabidagi nazariy o‘qishni 62 birlashtiradilar. Shunday qilib, xususiy sektor va davlat kelishilgan holda kasb - hunar ta‘limi tizimidagi ahvolga javobgardirlar. Maktabdan tashqari kasb-hunarga o‘qish federatsiyaning boshqaruvida, kasb-hunar maktablari esa — alohida yerlar boshqaruvidadir. Bugungi kunda deyarli 1,6 mln yoshlar, e‘tirof etilgan nufuz va talab darajasi turlicha bo‘lgan taxminan 350 ta ixtisoslikdan bittasi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tadilar. Hozirgi vaqtda o‘smirlarning deyarli, 40 foizi, qizlarning esa 55 foizidan ko‘prog‘i eng nufuzli 10 ta ixtisoslik bo‘yicha tayyorgarlik o‘tashmoqda. O‘smirlar ko‘proq avtomexanik, elektromonter, korxonada mexanik yoki ulgurji va tashqi savdo-sotiq kommersanti kasbini tanlashmoqda. Qizlar esa shifokor yordamchisi (hamshira), chakana savdo-sotiq sohasida sotuvchi, sartarosh, idora xizmatchisi kasblarini afzal ko‘rishmoqda. Shu bilan bir qatorda tugallangan kasbiy ta‘limni ololmagan yoshlarga kasb egallash imkoniyatini berish maqsadida boshqa keng choralar ham amalga oshiriladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling