G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab ta’limi tizimi. Boshlang’ich maktablar.
Bolalar bog’chasi. Bolalar bog‘chasi — olmonlar boshlab bergan va ko‘pgina
xorijiy mamlakatlar tomonidan o‘rganib, qabul qilingan muassasadir. U davlat ta‘lim tizimiga emas, balki yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash muassasalari tizimiga kiradi. Bolalar bog‘chasi ta‘sischilari cherkov, xayriya uyushmalari va jamoalar, ba‘zida — korxonalar va ittifoqchilardir. Bolalar bog‘chalariga bolalar 3 yoshdan maktabga borgunlariga qadar kun bo‘yi yoki kunning ma‘lum qismida qatnaydilar. Bog‘chaga borish ixtiyoriy. 59 Bolalar bog‘chalarining vazifasi bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, ta‘lim va tarbiya berish. Bolada javobgarlikni his qiladigan va jamiyatga foyda keltiradigan komil shaxs shakllantirilishi kerak. Ba‘zi mamlakatlarda maktabgacha ta‘lim muassasalari turli shaklda bo‘ladi, dastlabki sinflar yoki maktab – bog‘cha. Tarbiyaviy ishlarning eng muhim jihati — jamiyatda yashashga qobiliyatli, mustaqil insonni kamol toptirish maqsadida guruhda o‘qishdir. Bolalar bog‘chalari oiladagi tarbiya‘ni qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, boshqa keyingi hayoti va ta‘lim olishi uchun eng yaxshi imkoniyatlarni yaratish uchun uning rivojlanishidagi kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirishga qaratilgan. Odatda, bolalar bog‘chasida bolalar tushlikka qadar bo‘ladilar. Faqat ba‘zi birlarida ular kun bo‘yi bo‘lishlari mumkin. 1996 yildan boshlab bolalar bog’chasiga qatnash uchun huquqiy me’yorlar ishlab chiqildi. Bolalar bog‘chasiga farzandlarni berish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga qatnash uchun ota - onalardan ularning daromadiga qarab ma‘lum miqdorda to‘lov olinadi. Maktab ta’limi tizimi. Boshlang’ich maktablar. Boshlang‘ich maktabga bolalar 6 yoshdan keladilar. Boshlang‘ich maktablar maktabning dastlabki to‘rt yilini o‘z ichiga oladi, Berlin va Brandenburg federal yerlarida boshlang‘ich maktablar olti yillik. Boshlang‘ich maktablarga barcha bolalar borishadi va u erda asosiy boshlang‘ich bilimlar berilishi bilan bolalar maktablarning keyingi bosqichlariga tayyorlanadi. Darslar, asosan, nemis tili, matematika, tabiatshunoslik, san‘at, musiqa va sport predmetlarini o‘z ichiga oladi. Chet tillarini o‘rgatish takliflari barcha mamlakatlarda kengaymoqda. Ko‘pchilik yerlarda bolalarga o‘qishning boshlang‘ich ikki yili mobaynida baho qo‘yilmaydi, buning o‘rniga ularning o‘zlashtirishiga batafsil tavsifnoma beriladi. Boshlang‘ich maktabda o‘qiganlaridan so‘ng bolalar umumta‘lim maktabining 2-pog‘onasiga boradi. Yani, 5-6 sinflar, ularning tashkiliy jihatidan qat‘iy nazar, bu bola kamol topadigan davr bo‘lib xizmat qiladi, bolaning ustidan uning keyingi o‘qish shakliga yo‘naltirish maqsadida kuzatuv olib boriladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling