G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
Majburiy maktab ta’limi. Majburiy maktab ta‘limi 6 yoshdan 18 yoshgacha
bo‘lgan bolalarga yo‘naltirilgan bo‘lib, u 12 yilga mo‘ljallangan. Majburiy maktab ta‘limi to‘g‘risidagi nizomni bajarish uchun 9 yil mobaynida (ba‘zi yerlarda 10 yil mobaynida) maktabga to‘liq o‘quv haftasi davomida borish, shundan so‘ng majburiy kasb-hunar maktabiga to‘liq bo‘lmagan o‘quv haftasi davomida qatnashish lozim (agar o‘smir umumta‘lim maktabining yuqori bosqichiga yoki kasb-hunar maktabiga to‘liq o‘quv haftasi davomida qatnashayotgan bo‘lsa). Davlat maktablarining barchasida o‘qish bepuldir. O‘quv qo‘llanmalar ham, asosan darsliklar, qisman bepul beriladi. Ba‘zida o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar vaqtincha foydalanish uchun berib turiladi. Ba‘zida o‘quv qo‘llanma narxining bir qismi ota - onaning daromadiga bog‘liq holda to‘lanadi. Diniy ta‘lim asosiy qonunga muvofiq — oddiy fan sifatida o‘qitiladi, lekin nokonfessional maktablar bundan mustasnodir. Asosiy qonunga muvofiq ushbu fanni o‘qitish yoki o‘qitmaslik to‘g‘risidagi qarorni ota - ona qabul qiladi. 12 yoshdan boshlab, bolalarning diniy tarbiyasi haqidagi qonunga binoan ota - onaning qarori farzandning roziligi bilan tas- diqlanishi lozim. 14 yoshdan o‘quvchi ushbu fanni o‘qish yoki o‘qimaslik haqida o‘zi qaror qiladi, agar bunda yerlar huquqi boshqa bir muvofiqlashtiruvchi vositani ko‘zda tutmagan bo‘lsa. Asosiy qonunda mustaqil ta‘sischilarga ega bo‘lgan xususiy maktablarni tashkil etish va saqlash kafolatlanadi. Agar bunday xususiy maktablar davlat maktablari o‘rniga tashkil qilinsa, ularning ta‘sis etilishi uchun davlat ruxsat berishi zarur. Mustaqil ta‘sischilarga ega bo‘lgan maktablar ta‘lim sohasidagi davlat xizmatlarining mutanosibligini boyitadi va shuning uchun yerlar tomonidan moddiy yordam olishadi. Germaniyada, bunday maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling