G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
Malaka oshirish. Malaka oshirish yoshlikda olingan turli bilimlarning uzviy
davomi yoki yangi axborotlarni qabul qilish davri hisoblanadi. Asosan umumiy va kasbiy malaka oshirish turlari farqlanadi. Siyosiy va madaniy sohalardagi malaka oshirish umumiy malaka oshirishning muammoga yo‘naltirilgan qismida amalga oshiriladi. Har ikkala malaka oshirish sohalarida oliygohlarning takliflari hamda ilmiy sohadagi etakchilarning sirtqi ta‘lim borasidagi takliflari inobatga olinadi. Malaka oshirishga qatnashish ixtiyoriy, takliflar xilma – xil va etakchilar ko‘p shuningdek davlatning ko‘makchilik roli mavjud. Bugungi kunda Germaniyada yangi ko‘rinishdagi virtual maktablar tashkil etilyapti. Virtual maktab yordamida Sharqiy Friz orollaridagi o‘quvchilar materikdagi o‘quvchilar qatnaydigan maktab darslarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Oroldagi o‘quvchilarga darsda kompyuter orqali onlayn rejimda, shuningdek, videokonferensiyalar orqali ulanishadi. Shunday qilib, istovchilar gimnaziya ta‘limini olishlari mumkin bo‘ladi – orollarda gimnaziya yo‘q, biroq oliy ta‘lim muassasiga o‘qishga kirish uchun abiturientda aynan gimnaziya attestati bo‘lishi shart. Masofadan turib barcha darslar ham o‘tilmaydi, aksincha, orolda kamroq e‘tibor qaratilgan darslargina chuqurlashtirilgan holda o‘tiladi. Xususan, bu qoida fransuz tili darslariga taalluqlidir. Ushbu ta‘lim loyihasining tashkilotchilari namuna sifatida AQSh, Kanada, Avstraliya va Finlandiya tajribasini o‘rganishgan. Dastlabki rejaga ko‘ra, virtual maktab 2015 yilga qadar faoliyat olib boradi, shundan so‘ng tajribani davom ettirish-ettirmaslik bo‘yicha bir qaror qabul qilinadi. Loyihaning texnik ta‘minoti uchun xarajatlar miqdori 200 ming evroga teng bo‘lgan. Quyi Saksoniya federal yeri (Sharqiy Friz orollar shu hududga bo‘ysunadi) madaniyat vaziri Bernd Altxusmann (Bernd Althusmann) bu kabi – onlayn rejimda masofadan turib ta‘lim berish loyiha Germaniyada tengi yo‘qligini qayd etib o‘tdi. Keyinchalik ushbu tizim mamlakatning boshqa 66 hududlarida ham joriy etilishi mumkin. Misol uchun, o‘quvchi uzoq davom etgan kasallik tufayli darsga qatnay olmay, uyda yoki shifoxonada qolishga majbur bo‘lsa, aynan virtual ta‘lim loyihasidan foydalanishi mumkin. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling