G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Sog’liqni saqlash maktablari


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

Sog’liqni saqlash maktablari. Ushbu maktablarda akademik daraja 
berilmaydigan sog‘liqni saqlash sohasida ishlashni xohlovchilar: hamshiralar, 
doyalar, massajchilar, amaliy terapevtlar tayyorlanadi. Maktablarning aksariyati 
tashkiliy va tarkibiy jihatdan kasalxonalar bilan bog‘liq. Maktablarda, asosan, ham 
nazariy, ham amaliy bilimlar beriladi.
Maxsus kasb maktablari. Maxsus kasb maktablarga kasbiy ta‘lim 
tugallangandan so‘ng va ma‘lum tajribaga ega bo‘lingach, ixtiyoriy ravishda 
boriladi. Ba‘zan ushbu maktablarda uzoq yillik tajribaga ega, o‘z malakasining 
yuqoriligini isbotlashni xohlovchilar ham borishadi. Bu maktablar kasb doirasida 
mavjud kasbiy bilimlarni beradi (masalan: malakali usta maktablari, texnik 
maktablar). Maktablarda o‘qish darslarni tashkil etilganiga qarab yarim yildan uch 


64 
yilgacha davom etishi mumkin, qisman tashkil etilgan dars shaklida esa 6 marta 
yoki 8 marta yarim yildan o‘qish bo‘ladi.
Oliy o’quv yurtlari.
Germaniyaning eng qadimgi oliy o‘quv yurti — Geydelbergdagi universitet 
1386 yilda tashkil etilgan. Boshqa ko‘pgina universitetlar 500 yillik yubileylarini 
nishonladilar. Bular urf-odatlarga boy Leypsigdagi (1409 yilda tashkil etilgan) va 
Rostokdagi (1419 yilda tashkil etilgan) universitetlardir. Ular bilan bir qatorda juda 
yosh universitetlar ham mavjud, ularning 20dan ortig‘i 1960 yildan so‘ng tashkil 
etilgan.
Sekinlik bilan rivojlanayotgan universitetlar bilan bir qatorda oliy texnik 
o‘quv yurtlari, pedagogika institutlari va, xususan, XX asrning 70-80-yillarida 
ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari tashkil topdi. Barcha yoshlarning o‘qishga 
qabul qilinishi huquqi — oliy maktab sohasidagi siyosatning maqsadiga aylandi.
1960 yilda oliy o‘quv yurtlarida yoshlarning faqat 8 foizigina o‘qiy boshlagan 
bo‘lsa, bugungi kunda barcha maktab bitiruvchisining deyarli har bir uchinchisi 
oliy o‘quv yurtiga qabul qilish haqida ariza beradi. Ammo, ta‘kidlash joizki, 
keyingi yillarda Olmoniya oliy ta‘limida muammolar ko‘paydi. Bu ta‘lim olishning 
o‘rtacha muddati nihoyatda kattaligidir. Buning uchun federatsiya va yerlar o‘quv
jarayoni tuzilmasini isloh qilish va oliy o‘quv yurtlarining samaradorligini oshirish 
haqidagi masalani ko‘rib chiqmoqdalar. Olmoniyada oliy o‘quv yurtlari faqatgina 
ta‘lim sohasidagi vazifalarni bajaribgina qolmay, balki ilmiy tadqiqotlar uchun 
ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Ularning nazariy tadqiqotlar sohasidagi faoliyati 
Olmoniyadagi ilmiy tadqiqotlarning umumiy darajasini oshirishga yordam beradi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling