G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


ikkinci bosqich scuola mediaga


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

ikkinci bosqich scuola mediaga o`rta ta‘limga o`tadilar. Imtihonda nafaqat 
o`quvchi, balki o`qituvchining salohiyati ham tekshiriladi. Ya‘ni, o`quvchi 
ustozidan olgan bilimni qanchalik egallaganini ko`rsata olishi kerak. Test 
savollarida matematika va mantiq fanini o`zlashtirish darajasi tekshiriladi. 
Boshlang`ich ta‘limni tugatgach, birinchi bosqich imtihonini topshirgan 
o`quvchiga maxsus guvohnoma beriladi. Bu hujjat ta‘limning ikkinchi bosqichiga 
o`tish huquqini beradi. 
Italiya ta‘lim tizimi boshqaruvida asosiy e‘tibor boshlang`ich ta‘limni to`g`ri 
tashkil etishga qaratilishi bejiz emas. Chunki aynan shu bosqich keyingi ta‘lim 
jarayonlarining samarali olib borilishini ta‘minlaydi. O`quvchilar haftada besh kun 
30 soat o`qiydilar. Har bir ta‘lim bosqichining oxirida imtihon o`tkaziladi. Baholar 
og`zaki tartibda ―juda yaxshi‖, ―durus‖ va ―past‖ darajalarda baholanadi. Italiyada 
birinchi besh yillikda ya‘ni ikki bosqichni tugatganidan so`ng yozuvga oid va 
og`zaki imtihon olinadi. Uning natijasiga qarab oquvchilarga shahodatnoma 
majburiy beriladi va ular o`rta maktabga o`tadilar. Qayerda o`qishlaridan qat‘iy 
nazar, ta‘lim 14 yil. Italiyada o`quvchilar bu bosqichda italyan tili, tarix, 
geografiya, matematika va tabiiy fanlar, xorijiy til, san‘at, musiqani o‘rganishadi. 
So‘ng yil oxirida imtihon topshiriladi. Italiyada o‘quvchilar imtihonlarda italyan 
tili, matematika va chet tilidan – yozma, qolgan fanlardan – og`zaki imtihon 
topshiradilar. 
Italiyada litsey tizimi 
Umumiy maktablardan keyin universitatga kirish uchun litseylarda 
tayyorlanishadi.  
Universitetlarga tayyorlanish litseylarda amalga oshiriladi.
Litseylarning uch turi mavjud: 
1. Klassik 
2. Texnikaga oid litseylar
3. Tabiiy fanlarga oid litseylar


83 
Litseylar dasturi quyidagilarni o`z ichiga oladi. Italyan adabiyoti, lotin tili, 
matematika, fizika, tabiiy fanlar, falsafa, tarix. Bitiruvchilar topshiradigan 
imtihonlar fransuzlarning 
topshiradigan 
imtihonlariga 
juda 
ham 
o`xshash. Oliygohga kirish yetuklik attestati orqali qabul qilinadi. 
Klassik litseyda oliygohga kirish uchun umumiy tayyorgarlik amalga 
oshiriladi va bitiruvchilar har qanday fakultetga o‘qishga kirishga haqli. Italiya 
ta‘lim tizimida oliy o`rta maktablar kasbga yo‘llovchi o`quv korxonalar (texnik 
oliygohlar, san‘at maktablari) va litseylar hisoblanadi. O‘quvchilar boshlang`ich 
va o`rta ta‘limda 14 + 5 yil ta‘lim bilan 19 yil o`qiydilar.  

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling