G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
Ta’limda boshqaruv: muammo va yechim.
Italiya xalq ta‘limi tizimi boshqaruvining o`ziga xosligi haqida gap ketganda, uning huquqiy asoslari va mavjud an‘anaviy me‘yorlariga e‘tibor qaratiladi. Mamlakatda uzluksiz ta‘limning birinchi bo`g`inini, ya‘ni boshlang`ich ta‘lim boshqaruvining o`z talablari bor. Bolalarni maktabga qabul qilishning o`z shartlari bor. Ya‘ni o`qishga ma‘lum yilning 31 – avgustidan kelasi yilning 30 - apreligacha 6 yoshga to`lgan bolalar qabul qilinadi. Faqatgina maktablar uchun binolarning yetishmovchiligini hisobga olmaganda, barcha xarajatlar davlat tomonidan to`lanadi. Kitoblar, o`quv qurollaridan tortib, to maktab avtobusi va oshxona xarajatlarigacha bepul. Italaiyada boshlang`ich ta’lim bosqichi 5 yil davom etadi. Boshlang`ich ta‘lim boshqaruvning ikki ko`rinishini taklif etadi: - Klassik - Amodulo ( ikki sinf uchun 3 nafar o`qituvchi yoki 3 sinf uchun 4 o`qituvchi). Shuningdek, (xalq ta‘limi tizimida 3-5 yoshli bolalar uchun majburiy bo`lmagan maktabgacha tarbiya muassasalari ham mavjud). Haftada 27-130 soat dars jadvali bo`lgan maktablar hamda classi atempo pieno maktablarida bir sinf uchun 2 nafar o`qituvchi bo`lib, darslar haftasiga 40 soatni tashkil etadi. Har bir o`quv muassasasasi o`z hududidan kelib chiqqan holda boshqaruvning tashkiliy tuzilishini ishlab chiqadi. Maktabning boshlang`ich sinflarida, odatda, 10 dan 25 nafargacha o`quvchi ta‘lim oladi. Majburiy maktablarda 6 – 11 yoshli bolalar 5 yil boshlang`ich maktabda ta‘lim olsa, quyi o`rta maktabda 3 yil ta‘lim oladilar. Boshlang`ich ta‘lim umumiy ta‘limning dastlabki bo`g`ini hisoblanadi. Ta‘lim muassasalari va davlat boshlang`ich ta‘lim maktablari mamlakatdagi umumiy qonunlar va qonunosti me‘yoriy hujjatlar orqali boshqariladi. Turli xil maktablarning o`zaro farqlari ularning binolari, o`quvchilar soni, sinflar va dars jadvalining tuzilishi bilan farq qilishi mumkin. 81 Italiyada davlat va xususiy maktablar faoliyati teng olib boriladi. O`quv dasturlari bir – biridan uncha farq qilmaydi. 1985 – yilda qabul qilingan qonunga muvofiq boshlang`ich maktablar konstitutsiyada belgilangan shaxs va fuqarolarning ta‘lim olish huquqlariga asosan ish ko`radi. Ta‘lim tizimini boshqarishda fuqarolarning erkinliklariga qadriyat sifatida qaraladi va inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi talablariga javob beradi. Boshlang`ich ta‘limning yana bir asosiy talablaridan biri bu – bolalarda madaniy savodxonlikni shakllantirishdir. Maktablar afsuski, ta‘limda amalga oshirilishi ko`zda tutilgan barcha vazifalarni to`liq bajara olmaydi. Shuning uchun o`qituvchilar doimo ota – onalar va tashkilotlar yordamiga ehtiyoj sezishadi. Ular bilan hamkorlikda ish faoliyatini olib borishadi. Asosy maqsad o`quvchilarning bilim olib, savod chiqarishlari barobarida erkin demokratik jamiyatda yashashga o`rgatishga qaratiladi. Ta‘lim tizimi qonunchiligida asosan maktablar o`ziga xos yo`nalishlarga bo`linadi va ulardan o`quvchilarda avvalo, shaxsni rivojlantirish, ularning individual qobiliyatlarini hisobga olish talab etiladi. Shu bois maktablar o`quvchilarning o`z fikrini shakllantirish va erkin ayta olish, savodxonlik, tabiiy fanlarni o`rganishda fundamental imkoniyatlarni yaratish bu borada ta‘limda ilmiy metodlarni qo`llash, shuningdek, kommunikativ uslublar orqali tarbiyalashga alohida e‘tibor qaratadi. Italiyada maktablar 2 turga bo`linadi: 1) scuoleparitarie 2) scuole private autorizzate Bulardan birinchisi scuoleparitarie maktablari bo`lib, ular 2000 – yildan buyon davlat ta‘lim muassasasi sifatida bitiruvchilarga guvohnoma berib kelmoqda. Ikkinchi turi esa, scuole private autorizzate maktablaridir. Bunday maktablarning o`ziga xosligi shundaki, ularni ma‘lumotga ega bo`lmagan, shuningdek, yuridik shaxs bo`lmagan o`rta maktabni bitirgan fuqarolar boshqaradi. Bunday maktablar bitiruvchilarga sertifikat berish huquqiga ega emas. Shuningdek, Italiya ta‘lim tizimida anchagina nom qozongan xususiy ta‘lim muassasalari mavjud. Bular Steynarian maktablaridir. 2000 – yil 11 – sentabrda Italiya ta‘lim vazirligi qabul qilgan shartnomaga ko`ra, bu maktablarga faqat boshlang`ich sinflarni tashkil etish uchun ruxsat berilgan bo`lib, ularda Montessori metodi bo`yicha dars o`tiladi shu bois, bunday sinf rahbarlaridan maxsus Montessori didaktikasi differensial diplomiga ega bo`lish talab etiladi. Italiya maktablarida ko`p miqdorda o`qituvchilar uchun alohida darsliklar va yordamchi materiallar mavjud. Biroq o`qituvchilar o`zlari istagan boshqa darsliklardan foydalanishlari mumkin. Bu esa, natijalarning samarali bo`lishini ta‘minlaydi. Italiya maktabi ta‘lim tizimininig boshqa davlatlar ta‘lim tizimidan o`ziga xos farqli jihatlaridan biri shundaki, Italiya maktablarida multi sinflar mavjud. Bunday sinflar o`quvchilarini turli yoshda bo`lgan bolalar tashkil etadi. Ularning soni 6 dan 12 nafargacha bo`ladi. Multi sinf o`quvchilari birgina o`qituvchi nazoratiga topshiriladi. Lekin bunday sinflar barcha maktablarda mavjud emas. Ular faqatgina tog`li jorlarda, aholi juda kam joylashgan hududlardagi maktablarda tashkil etiladi. Bu sinfda ota – onalar bolalari bilan shug`ullanish imkoniyati bo`lmagani yoki boshqa sabablarga ko`ra band oilalar 82 farzandlari tahsil olishadi. Maktabda o`quv jarayonini tashkillashtirish maktabning hududiy joylashuvi hisobga olingan holda olib boriladi. O`quv yili 1 – sentabrdan boshlanib, yozgi ta‘til 30 – iyundan boshlanadi. Maktab bitiruvchilari bitiruv imtihonlarini iyul oyida topshiradilar. Boshlang`ich maktablarda darslar haftasiga 27 – 30 soatni tashkil qilsa, shundan 3 soati chet tilini o`rganishga ajratiladi. Dars jadvalini rejalashtirish jarayonida asosiy e‘tibor fanlarni bir xil taqsimlashga qaratiladi. Umumiy modul tizimidagi maktablarda (haftada 27 soat) haftada 5 kun o`qitiladi. O`quv jarayoni 40 soatni tashkil etadigan maktablar ham haftasiga 5 yoki 6 kun ishlaydi. Soatning ko`pligiga qarab darslar umumta‘lim maktablar uchun 8:30 dan 16:00 gacha olib boriladi. O`rtadagi tanaffus uchun 30 daqiqa vaqt ajratiladi. 5 - sinf yakunida o`quvchilar esame di licenza elementare, ya‘ni boshlang`ich ta‘limning yakunlanishi imtihonini topshirishdi. Shundan so`ng, Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling