G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta yoshdagilar ta’limi
Maxsus ta’lim
Niderlandiya‘ning maxsus maktablarida nogiron, aqli zaif, jismoniy nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalar tarbiyalanadi. Bunday turdagi maktablar ikki toifaga bo‘linadi: 1. Boshlang‘ich; 2. O‘rta. 91 U 8 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Bunday o‘quv muassasalariga qo‘yiladigan asosiy talab tezroq ruhiy, jismoniy nosog‘lom bolalarni boshlang‘ich va o‘rta maktabga tayyorlab berishni ta‘minlashdan iborat. Katta yoshdagilar ta’limi So‘nggi yillarda Niderlandiyada katta yoshli fuqarolarning bilim olishga qiziqishi ortib bormoqda. Aksariyat bu toifadagi kishilar ilgari turli sabablar bilan ta‘lim olishga imkoniyatlari bo‘lmagan kishilardir. Mana shunday kishilarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini qondirish uchun mamlakatda ochiq maktablar, ochiq universitetlar tashkil etilgan. Bu o‘quv muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari mustaqil yoki ishdan so‘ng amalga oshiriladi. Yoshlar. Hozir kunda Niderlandiyada mamlakat umumiy aholisining 40 foizini 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakat yoshlar siyosatining asosiy yo‘nalishi ularni ma‘lumotli, kasb-korli qilishga, yoshlarni mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotida faol ishtirok etishini ta‘minlash, ularning ko‘ngilli dam olishlarini namunali tashkil etishni ta‘minlashga qaratilgan. So‘ngi yillarda mamlakatda yoshlarning ijtimoiy istiqbollari keskin o‘zgardi. Ularda hayotiy jarayonlarga qiziqish ancha kuchaydi, shuningdek ular o‘z muammolarini o‘zlari mustaqil hal qilishga tobora intilmoqda. Yoshlar boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari singari jamiyatdagi o‘z o‘rnini topish va uni mustahkamlash uchun kurashmoqdalar. Yoshlar siyosatiga oid, davlat ahamiyatiga molik masalalarni faravonlik, sog‘liqni saqlash va madaniyat ishlari vazirligi hal etadi. Bu vazirlik boshqa vazirliklar bilan hamjihatlikda yoshlar ehtiyojlarini, shu jumladan ularni ish bilan, turar joy bilan ta‘minlash, moddiy farovonligini yaxshilash, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish kabi masalalarni muvofiqlashtiradi, hal etadi. Katta avlodning, boshqaruv ishidagi mansabdorlarning faoliyatida eng ko‘zga tashlangan soha yoshlarning ishsizligini tugatish, ularga keng ko‘lamdagi yordam uyushtirishga sidqidildan yondashayotganligidir. Niderlandiyada yoshlar ishlari bo‘yicha federatsiya mavjud bo‘lib, uning vazifasi hukumatda, parlamentda yoshlar manfaatlarini va ularning huquqlarini himoya qilishdan iborat. Niderlandiyada qariyib 4 mln. yoshlar kunduzgi o‘quv bilan qamrab olingan. Mamlakatda majburiy ta‘lim bepul, katta yoshlilar maktablari va oliygohlarida pullikdir. Ba‘zan maktablarda ota - onalar o‘quv tarbiya ishlarini amalga oshirish uchun o‘z mablag‘lari bilan yordam beradilar. Barcha o‘qtuvchi va tarbiyachilar maoshi davlat tomonidan ta‘minlanadi. O‘qituvchi to‘liq holda maosh olish uchun haftasiga 40 soat sarf etmog‘i kerak. Rasmiy ma‘lumotlarga qaraganda, ta‘lim vazirligi Niderlandiyada eng qimmat turuvchi vazirlikdir. Unga Davlat ta‘lim sohasida bir yilga 29,6 milliard gulden mablag‘ sarf etadi. Bu davlat byudjetining 17 foizidir. Niderlandiyada nafaqa yoshi erkaklar uchun ham ayollar uchun ham bir xil 65 yosh. Nafaqa miqdori oiladagi kishilar soniga qarab belgilanadi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling