G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oliy O’quv Yurti
- Ilmiy darajalar va unvonlar
Litsey, texnikum O‘rta maktablar ballar limitini e‘lon qiladi. O‘qish listeyda 3 yil,
texnikumda 4 yil davom etadi. Texnikumni tugatgan o‘quvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha juda murakkab imtihon topshiradi. Litsey bitiruvchisi hech qanday mutaxassislikka ega bo‘lmaydi, u faqat OO‘Yularida o‘qishni davom ettirish uchun tayyorlanadi, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladi. Litsey va texnikum yetuklik attestati imtihoni bilan yakunlanadi. yetuklik attestati imtihonlari quyidagilardan iborat: - Ona tilidan yozma va og‘zaki imtihon; - Chet tilidan imtihon; - O‘quvchi o‘zi tanlagan fan bo‘yicha imtihon. Imtihondan o‘tish uchun 31% ball to‘plash kerak. Imtihon natijalari ma‘lum chizmalar bo‘yicha hisoblanadi va shunga ko‘ra OO‘Yuga yo‘llanma oladi. Oliy O’quv Yurti O‘rta maktab bitiruvchilarini OO‘Yulariga qabul qilish etuklik attestatida to‘plagan ballari asosida amalga oshiriladi. O‘qitish zachet va imtihonlar asosida o‘tadi. OO‘Yuda o‘qish diplom ishi himoyasi bilan yakunlanadi. Texnika OO‘Yularida injenerlik imtihonlari ham topshiriladi. Davlat OO‘Yularining obro‘si balandroq. OO‘Yuda ikki bosqichli ta‘lim mavjud: - magistr darajasini olish (5 yil); - yoki listenziat(3 yil) + magistr darajasi(2-yil). OO‘Yu bitiruvchilarining kasbiy nomlari • Listenziat – OO‘Yuda 3-3,5 yil o‘qigan talaba. • Injener – Texnika, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot OO‘Yulari bitiruvchisi. • Magistr – ta‘limning 5 yillik standart kursini bitiruvchisi. Ilmiy darajalar va unvonlar: Doktor – doktorlik dissertastiyasini himoya qilgan shaxsga beriladigan daraja (bizdagi fan nomzodiga to‘g‘ri keladi). Doktor xabilitovan – doktorlik darajasiga ega bo‘lgan, fanga ulkan hissa qo‘shgan va yana bir ilmiy ishni himoya qilgan shaxsga beriladigan ilmiy daraja.(bizdagi fan doktoriga to‘g‘ri keladi). Polshada o‘qituvchilarning xizmat pog‘onalari bo‘yicha o‘sishi quyidagi bosqichlarga ega (ketma-ket polyakcha nomi bilan): • Yangi ish boshlagan o‘qituvchi ―stajer o‘qituvchi‖ maqomini oladi. 88 • 9 oy muddatda staj o‘tagach, ―shartnomali o‘qituvchi‖ maqomiga ega bo‘ladi. • 1 yildan keyin esa ―mianovan o‘qituvchi‖ maqomini olish uchun staj o‘tash huquqini oladi. • Staj 2 yil-u, 9 oy davom etadi, so‘ngra gmin komissiyasi oldida imtihon topshiradi. • ―Mianovan o‘qituvchi‖ maqomini olgach, 3 yildan keyin ―diplomli o‘qituvchi‖ maqomi uchun staj qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Staj 2 yilu 9 oy davom etadi va ta‘lim vazirligi vakillari suhbati bilan yakunlanadi. • ―Diplomli o‘qituvchi‖ maqomini olgach, 9 yildan so‘ng ―professor o‘qituvchi‖ maqomini olishga harakat qiladi (bu professorlik ilmiy darajasi emas). O‘qituvchilarning xizmat pog‘onalari bo‘yicha o‘sishda xizmat pog‘onalari bo‘yicha o‘sishning barcha bosqichlarida berilgan muddatlarga amal qilinishi, bu muddatda kerakli hujjatlar tayyorlanishi va topshirilishi lozim. Staj paytida o‘qituvchi maktab direktori tasdiqlagan shaxsiy reja asosida ishlaydi. Barcha ish natijalarini hisobotda yozib boradi, keyinchalik direktorga va imtihon komissiyasiga taqdim etadi. Xizmat pog‘onalari bo‘yicha o‘sishi o‘qituvchining tegishli maqomga ega bo‘lishi va oylik maoshining oshishi bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchini ishga qabul qilish va kasb imtiyozlariga ega bo‘lishi ko‘p jihatdan uning maqomiga daxldor masala sanaladi. Polshaning zamonaviy ta‘lim tizimi bugungi kunda katta yutuqlarga erishishiga xizmat qilmoqda. Ammo ta‘lim tizimida ba‘zi muammo va yutuqlari mavjud. Jumladan, kichik qishloq maktablarini moliyalashtirish muammosi: bir sinfda 25 o‘quvchi bo‘lsagina maqsadli dotatsiya beriladi. Maqsadli dotatsiya bo‘lmasa gminlar o‘z shaxsiy byudjetlaridan xarajatlarni qoplaydilar shu bois kichik qishloq maktablari yopiladi. Boshlang‘ich ta‘limning 1-3-sinflarida baholash tizimi mavhum tuzilgan. Shuningdek, Umumpolyak imtihonlarining kiritilishi alohida regionlardagi o‘qitish darajalarini taqqoslash imkoniyatini berdi. OO‘Yuga qabul qilish tizimida korrupsiyaning yo‘qotilishini ta‘kidlash lozim. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling