G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
Xitoy ta’lim tizimi Xitoy Xalq Respublikasi – dunyoning eng katta davlatlaridan biri bo‘lib, uning hududi 9,6 mln kv.km ga teng. Poytaxti: Pekin. Xitoy aholisi qariyib 1,5 mld.kishiga teng. Aholining 90% dan oshig‘ini – xitoyliklar (xan), qolgan qismini boshqa millat vakillari chjuanlar, uyg‘urlar, mongollar, tibetliklar, xueylar, myaolar va b.tashkil etadi. Xitoy Sharqiy Osiyo davlati. Shimolda Mongoliya va Rossiya bilan, shimoliy-sharqda Rossiya va Koreya bilan, janubda – Vetnam, Birma, Laos, Hindiston, Butan va Nepal bilan, g‘arbda – Pokiston, Afg‘oniston va Tojikiston bilan, shimoliy-g‘arbda – Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan chegaradosh. Sharqda Sariq dengizi, janubda Janubiy Xitoy dengizi bor. 3400 dan ortiq orolchalar mavjud. Umumiy maydoni 9,6 mln. kv. km. Vaqti: Toshkent vaqtidan 3 soat oldin. Yirik shaharlari: Shanxay (14,6 mln. kishi), Pekin (12,4 mln. kishi), Tyanzin (9,5 mln. kishi) va boshqalar. Bayram va dam olish kunlari: 1 yanvar (Yangi yil), yanvar-fevral (Xitoy kalendari bo`yicha yangi yil, Bahor bayrami), 8 mart (Xalqaro xotin-qizlar bayrami), 12 mart (Ko`chat ekish kuni), 1 may (Xalqaro mehnatkashlar birdamligi 104 kuni), 4 may (Xitoy yoshlari kuni), 1 iyun (Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni), 1 avgust (Xitoy milliy ozodlik armiyasi kuni), 10 sentabr (O`qituvchilar kuni), 1 oktabr (XXR ta`limi milliy bayrami). Xitoy ta'lim tizimi o`ziga maktabgacha ta'lim, boshlang`ich ta'lim, to`liqsiz o`rta ta'lim, o`rta ta'lim, universitet, aspirantura bosqichlarini qamrab olgan. Xitoy Xalq Respublikasining "Majburiy ta'lim" to`g`risidagi qonuniga muvofiq, 9-yillik ta'lim davlat tomonidan majburiydir. Xitoy boshlang`ich maktablarida 140 mln.ga yaqin bolalarni o`qishi yo`lga qo`yilgan. Har yili boshlang`ich maktablariga 6 yoshli bolalarning 98.8%i qabul qilinadi. O`rta maktablarda 60 mln. o`quvchi o`qiydi, oliy ta'lim muassasalarida esa talabalar soni 3 mln. dan ortiqni tashkil etadi. O`quv yili 1 sentabrdan boshlanib, iyul oyining boshlarida yakunlanadi. Ta'limda talabalar bilimini baholash uchun kredit tizimi amal qiladi. O`quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion pedagogik texnologiyalar tatbiq qilingan. Xitoy ta‘lim tizimi quyidagi bosqichlardan iborat: - maktabgacha ta‘lim; - boshlang‘ich ta‘lim; - to‘liqsiz o‘rta ta‘lim; - to‘liq o‘rta ta‘lim(kasbiy va maxsus ta‘lim); - universitet, - aspirantura. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling