G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rta ta’lim
- OLIY TA’LIM.
Maktabgacha ta’lim.
Bolalar bog‘chasi. Bolalar 3 yoshdan 6 yoshgacha bog‘chaga boradilar. Hozirgi kunda Xitoyda 150 mingga yaqin bog‘chalar faoliyat olib bormoqda. Ular davlat tasarrufidagi va xususiy bog‘chalarga bo‘linadi. Boshlang’ich ta’lim. Xitoyda bolalar 6 yoshdan maktabga boradi va boshlang‘ich ta‘limda 6 yil o‘qiydi. Asosiy o‘qitiladigan fanlar: - xitoy tili, - matematika, - tabiiy fanlar, - chet tillar, -ma‘naviy tarbiya, - musiqa, - jismoniy tarbiya va b. O’rta ta’lim: O‘rta ta‘lim 3 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda ta‘lim bepul bo‘lib, 3 yil o‘qitiladi. O‘quvchilar faqat darslik va daftarlar uchun pul sarflaydilar. Birinchi bosqichda quyidagi fanlar o‘rgatiladi: - matematika, - xitoy tili, - chet tili, - fizika, - ximiya, - axloqiy tarbiya, - informatika va b. 105 2-bosqich Ikkinchi bosqichda yana 3 yil o‘qitiladi. To‘liq o‘rta ta‘lim 12 yil davom etadi. 3-bosqich Bu bosqich 2 yil davom etadi. Bu bosqichda kasbiy va maxsus ta‘lim beriladi. OLIY TA’LIM. Xitoyda oliy ta‘lim 3 xil ko‘rinishga ega: - maxsus o‘quv dasturlardan iborat kurslar (o‘qish muddati 2-3yil); - bakalavriatura (4-5 yil); - magistratura (2-3); OO‘Yuni bitirgach, 3 ta ta‘lim darajasi beriladi: - bakalavr, - magistr, - doktor. Xitoy universitetlari: Iqtisodiyot va Xalqaro Savdo Xitoy Universiteti, Pekin Politexnika Universiteti, Pekin Universiteti, Pekin Neft Universiteti, Pekinning tillar va madaniyat Universiteti, Poytaxt Pedagogika Universiteti, Sinxua Universiteti, Dalyan Chet tillar Universiteti, Lyaonin Pedagogika Universiteti, Chuntsin Universiteti, Sian Transport Universiteti, Fudan Universiteti, Shanxay Transport Universiteti, Shanxay Chet tillar Universiteti, Tzilin Universiteti, Yanshan Universiteti, Xarbin Muhandislik Universiteti, Xebey Pedagogika Universiteti, Chjestzyanskiy universiteti, Uxan Universiteti, Xitoy Okeanologiya Universiteti, Lanchjou Universiteti, Xaynan Universiteti, Nankin Universiteti, Guandun chet tillar va tashqi savdo Universiteti, Syamin Universiteti, Nankay Universiteti, Tyantzin Universiteti, Yantay Universiteti, Xunan Pedagogika Universiteti, Yunnan Universiteti, Shandun Moliya Instituti, Pekin universiteti. Pekin Universiteti Hozirda Pekin Universiteti Xitoyda asosiy oliy ta‘lim muassasasi hisoblanadi. Uning tarkibida 31 ta kolleg, 12 ta fakultetlar mavjud. Darslar 101 ta bakalavrlik, 224 ta magistrlik, 202 ta doktorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tiladi. Universitetda 216ta ilmiy tadqiqot institutlari bor. Osiyoda eng katta hisoblangan kutubxona Xitoyda joylashgan. Hozirda 46,074 talaba tahsil olmoqda. Ulardan 4000 nafari dunyoning 80 davlatidan kelgan chet ellik talabalar hisoblanadi. Pedagogik tuzilmasi 4574 teng. 2010 yil 200 kollej va universitetlarning dunyo bo‘yicha reytingida 6 – o‘rinni Pekin universiteti egalladi. Shanxay Universiteti Shanxay universiteti Xitoyning eng nufuzli, yetakchi oliy ta‘lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda universitet mamlakat iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan mutaxassislarni tayyorlab bermoqda. Universitetda 58 ta bakalavr dasturi, 64 ta magistr dasturi, muhanddislik ilmiy darajasi uchun 7 ta mutaxassislik dasturi, axborot muhanddislik, matematika, elektronika va kommunikatsiya, metallurgiya, dinamika sohalarini qamrab olgan 7 ta nomzodlik va 16 ta doktorlik dasturlari mavjud. Bundan tashqari Shanxay universiteti 2010 kishilik professor – o‘qituvchilar kontingentiga ega, ulardan 337 tasi professor va 687 tasi fan 106 nomzodlaridir. Ushbu professorlardan 7 tasi Xitoy muhandislik akademiyasi va Xitoy fanlar akademiyasi akademiklaridir. Bugungi kunda Shanxay universitetida 30 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Ushbu universitetning 72 ta ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalari mavjud. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling