G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Maktabgacha ta’lim muassasasi
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlangich maktab «чходын хаккё» (kor. 초등학교 , 初等學校 )
- Orta talim «чунхакё» ( 중학교 , 中學校 )
- Yuqori maktab «кодынхаккё» (
Maktabgacha ta’lim muassasasi
Koreys bog‘chalari ta‘lim tizimining bir qismi hisoblanmaydi. Bolalar xususiy muassasalarda qabul qilinadi. Ular asosan koreys tilida faoliyat yuritadi. Biroq, ingliz tilida faoliyat yuritadigan bog‘chalar ham anchagina. Bog‘chalarga bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha qabul qilinadi. Ko‘pchilik bolalar maktabga tayyorgarlik ko‘rishmaydi va shunchaki o‘z tengqurlari bilan bog‘chalarga qatnab yuraverishadi. Bog‘chaning asosiy vazifasi bolalarni har tomonlama rivojlanishi 102 uchun sharoit yaratish. Bog‘chalarda asosan musiqa, rasm, hisoblash darslari o‘tiladi. Koreys bog‘chalari bolalarda mustaqillikni shakllantirishga katta etibor qaratadi. Bolalar yoshi orasidagi farq 3 yoshgacha bo‘lishi mumkin. Boshlang'ich maktab «чходын хаккё» (kor. 초등학교 , 初等學校 ) Zamonaviy Koreya ta‘lim tizimida boshlang‘ich maktablarning roli muhim. Koreyada boshlang‘ich ta‘lim uchun o‘quv yilida 1 – martga qadar 6 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o‘qishga kirishga huquqli bo‘lib, buning uchun maktab ma‘sul shaxsining ruxsatnomasini olishi lozim bo‘ladi. O‘quv yili esa 1 – mart Koreya Respublikasida davlat bayrami munosabati bilan 2 – martdan boshlandi. 6 yil davom etadigan boshlang‘ich ta‘lim majburiy etib belgilangan. Boshlang‘ich ta‘im 1 yil ikki semestrga bo‘lingan holda olib boriladi. Boshlang‘ich ta‘limda o‘qitiladigan fanlar qatoriga: Koreys tili, matematika, aniq fanlar, jamiyat haqidagi fanlar, chet tili, tasviriy san‘at, musiqa kiradi. O'rta ta'lim «чунхакё» ( 중학교 , 中學校 ) Boshlang‘ich ta‘limdan keyihgi ―zinapoya‖ vazifasini o‘rta ta‘lim bajaradi. O‘rta ta‘lim Koreya Respublikasida 3 yil davom etadi. O‘rta ta‘lim ham majburiy bo‘lib, bir o‘quv yili 1 – martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi. Darslar 45 daqiqadan etib belgilangan bo‘lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. O‘rta ta‘lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, san‘at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o‘qitiladi. Shuningdek, o‘rta maktabda o‘quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga axborot, chet tili (ko‘pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari ) kabilar kiritish mumkin. O‘rta maktabda o‘quvchilar qattiq nazorat qilinadi o‘quvchilarning formasi, soch turmagi va maktabdan tashqari faoliyatlari ham nazorat qilinadi. Boshlang‘ich maktabdagi kabi o‘rta maktabda ham o‘quvchilar asosan bir sinfda o‘tirishadi, ammo fanlar turli o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. O‘quvchilar har kuni 6 ta o‘quv predmeti bo‘yicha dars o‘tishadi. Yuqori maktab «кодынхаккё» ( 고등학교 Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling