G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar: 1. AQSH ta‘lim tizimining o‘ziga xos jihatlarini yoritib bering. 2. Rossiya ta‘lim tizimini tahlil qiling. VII
- 7.1. Qozog’istonda pedagogika fani rivojidagi o’ziga xos jihatlar
ROSSIYANI TASHLASH KERAK
6.2. Rossiya vaO’zbekistonda pedagogika fani taraqqiyotidagi o’ziga xosliklar: umumiylik va tafovut Rossiya ta’lim tizimi Rossiyada ta'limning barcha turlari takomillashtirishning maqsad vazifalari 2000 yilda qabul qilingan. Bu RF milliy ta'lim doktarenasi va 2010 yil bo'lgan davrda ta'limning modernizatsiyalashgan konsepsiyasida belgilangan. 2000 yilda mamlakatda 68804 maktab bo'lib, uning 635 tasi xususiy maktab edi. Ularda 1748 ming o'qituvchi 20879 ming o'quvchiga ta'lim berdi. 2000-yilda 2589 davlat o'rta maxsus o'quv yurtida 2312 ming o'quvchi ta'lim oldi. Rossiyada 130 mingdan ortiq kutubxona bor. Eng yiriklari: Rossiya davlat kutubxonasi (42 mln. asar) Rossiya milliy kutubxonasi (33 mln. asar). M.A.Rudamino nomidagi umumrossiya davlat chet el adabiyoti kutubxonasi (3,2. mln asar). Davlat ijtimoiy siyosiy kutubxonasi (2,2 mln. asar). 2000 yilda mamlakatda 1664 muzey ishladi. Mashhurlari: Ermitaj, Peterburk, Konstamera, Moskva Kremeli, Davlat tarix muzeyi, Tretyapov galeriyasi. Savol va topshiriqlar: 1. AQSH ta‘lim tizimining o‘ziga xos jihatlarini yoritib bering. 2. Rossiya ta‘lim tizimini tahlil qiling. VII BOB. MARKAZIY OSIYO DAVLATLARIDA TA’LIM- TARBIYANING O’ZIGA XOSLIKLARI 120 7.1. Qozog’istonda pedagogika fani rivojidagi o’ziga xos jihatlar 19-asrning 2-yarmigacha Qozogiston hududida faqat musulmon maktab va madrasalari bo‘lgan. 19-asrning 2-yarmidan dunyoviy maktablar, xususan, 1850- yil Orenburg chegara komissiyasi huzurida qozoq bolalari uchun 7 yillik maktab ochildi. 1864-yil Torgayda qozoq demokrat - ma‘rifatparvar pedagogi N.Oltinsarin tashabbusi bilan qozoq maktabi va uning qoshida internat tashkil etildi. 1879—89 yillarda Qozog‘istonning turli uyezdlarida 2 sinfli rus-qozoq maktablari, 1888- yil Orskda muallimlar maktabi ochildi. 1929-yil lotin alifbosi asosida qozoq yozuvi yaratildi. 1940-yil rus alifbosi asosidagi yozuvga o‘tildi. Qozoq xalqi adabiyoti xalq og‘zaki ijodi (qo‘shiq, ertak, maqol va matal, qahramonlik va lirik- epik dostonlar)dan boshlanadi. „Er Targ‘in―, „Qambar batir― va boshqa qadimgi dostonlarda xalq ozodligi, erki va mustaqilligi yolida kurashgan xalq qahramonlari madh etiladi. „Qiz Jibek―, „Bayan Suluv―, „Ayman-sholpan― dostonlarida qozoq xalqining erksevarligi kuylanadi. Xalq ertaklarining Aldar ko‘sa, Jirenshi, Tazsha, Ayozbi kabi qahramonlarning sarguzashtlari aks ettirilgan ertaklar keng tarqalgan. Qozog‘istonda zamonaviy maktablarning shakllanishi XX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda boshqa sohalar kabi maorif sohasida ham turli yangiliklar bo‘ldi. 1992-yildan ta‘lim tizimida qator islohotlar amalga oshirildi. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablari kabi o‘rta ma‘lumot beradigan litsey, gimnaziya, hunar-texnika maktablari, kollejlar paydo bo‘ldi. 2003-yil respublikada 108 gimnaziya, 63 litsey, litsey va gimnaziya sinflari bo‘lgan 289 maktab, iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan 30 maktab ishladi. 312 hunar-texnika maktabida 89 mingdan ziyod, 382 kollejda 207 mingdan ortiq o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, bugunda ularning soni ancha ko‘paydi. Qozog‘istonda birinchi oliy o‘quv yurti — Qozog‘iston pedagogika instituti 1928- yil Almati shahrida ochilgan. Hozirda Qozog‘istonda 43 dan ortiq davlat oliy o‘quv yurtlari ishlab turibdi Qozog‘istonda bir qancha kutubxona (eng yirigi Qozog‘iston Respublikasi milliy kutubxonasi), klub muassasalari, 12 muzey (yiriklari: Qozog‘iston Respublikasi davlat muzeyi, San‘at muzeyi, Muxtor Avezov uy muzeyi, Abay Qo‘nonboyev memorial muzeyi va boshqalar) bor. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling