G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
Savol va topshiriqlar:
1. Yevropada o‘qituvchilarni dastlabki tayyorlash masalalari qanday amalga oshiriladi? 2. O‘qituvchilarni ishga qabul qilish qoidalari nimalardan iborat? 130 3. O‘qituvchilar malakasini oshirish qoidalari. 4. O‘zbekistonda o‘qituvchilar malakasini oshirish qanday amalga oshiriladi? X BOB. XX-XXI ASRLARDA TA’LIM MAZMUNI 10.1. XX-XXI asrlarda xorijda xalqaro ta’lim makoni Xalqaro ta‘lim makoni – geosiyosiy hudud, global mashtabdagi va turli mamlakatlarning ma‘orif bo‘yicha jamoat va davlat tashkilotlari, ilmiy- pedagogik markazlar, barcha ta‘lim va tarbiya muassasalari. Zamonaviy dunyo ijtimoiy hayotining turli jabhalarida intensiv baynalminallashuv sharoitida o‘zaro ta‘sir va munosabatlashuvini bildiradi. 1.Shimol va Janub ta‘limining rivojlanishida siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy- madaniy xususiyatlari. Baynalminallashuvning eng yangi bosqichi globalashuv jarayoni bo‘ldi. U jahon xo‘jaligini yaxlit organizm sifatida shakllantirib, mehnatning xalqaro taqsimotini chuqurlashtirdi va madaniy aloqalarni jadallashtirdi. Milliy yoki davlat miqiyosida hal qilish mumkin bo‘lmagan kuchli global muammolar bilan yuzma- yuz kelganda barcha insoniyat sa‘yi-harakatilarini birlashishi obyektiv yechim topilishida yagona chora-tadbir bo‘lib qolmoqda. Mamlakatlar va xalqlarda kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘lanish, turli irq, konfessiya va millatga mansub odamlar o‘rtasidagi aloqalar kengayishi, umumiy qadriyatlar shakllanishida va eng yaxshi xalqaro tajribadan samarali foydalanishda qulay sharoit yaratadi. Bu esa insoniyatning kelgusi istiqbolida ijobiy taraqqiy etishi uchun zamin yaratadi. Globallashuv bir qator jiddiy salbiy jihatlarga ham ega. Umumsayyoraviy konvergensiya haqida eyforistik bashoratlar o‘zini oqlamadi. Na davlatlararo ziddiyat, na etnik va diniy to‘qnashuvlaroldi olindi. Mamlakat va mintaqalar taraqqiyotidagi notekis rivojlanish har qanday chora-tadbir bilan ham bartaraf etilmadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi farq qisqarish o‘rniga, yanada kengaydi. Bu esa, barcha insoniyat manfaatlariga aloqador va jahonda portlovchi vaziyat hosil qiluvchi eng og‘ir muammoga aylandi. Axborot istiqboli hali global xarakter kasb etib ulgurgani yo‘q. G‘arb olamida bir necha o‘n million INTERNETdan doimiy foydalanuvchi mijozlar qayd etilgan bir paytda, Afrikaning ko‘plab odamlari oddiy netbukdan foydalanishni bilmaydigan mamlakatlar taraqqiyoti postindustrial bosqichda. Rivojlanmagan mamlakatlar esa katta mashaqqat bilan sanoatlashtirish bosqichini boshdan kechirmoqda. Ular na iqtisodiy, na siyosiy na ruhiy jihatdan jahon integratsiyasi jarayonida tenglar qatoriga munosabatga kirishishga tayyor emas. Ko‘plab mamlakatlarning ―quvib yetuvchi rivojlanish‖ dasturiy tuzilmalarini ijobiy amalga oshirishi uchun imkoniyatlari yo‘q. Globallashuv sharoitida insoniyat sivilizatsiyasidagi turli farqlar o‘zaro to‘qnashadi. Bu dunyo amaliyotida misli ko‘rilmagan yangi mumammolarni keltirib chiqardi. Iqtisodiy inqiroz, internetda foydalanishning salbiy oqibatlari. Globallashuv jarayoni G‘arb mamlakatlari tomonidan, jahonning ko‘plab mamlakatlari o‘zining ishlab chiqarish tizimi, siyosiy va ijtimoiy - madaniy 131 qadiriyatlariga yo‘naltirishga intilayotgan AQSH tomonidan qo‘llab- quvvatlanmoqda. Lekin G‘arb madaniy ekspansiyasiga qarshilik qiluvchi turli xalqlarning ko‘p asrlik an‘analari jahon umummadaniyati yaratilishida keskin ziddiyatlar hosil qilmoqda. ―Men uyim har tomondan baland devor bilan o‘rab olinishi, derazalari mahkamlab tashlanishini xohlamayman. Men barcha mamlakatlarning madaniyat shamoli uyimda qancha mumkin bo‘lsa, shuncha esishini xoxlayman. Biroq bu shamollar meni yo‘ldan adashtirishini aslo xohlamayman‖-degan edi M.Gandi. Globallashuv ayrim hollarda milliy chegaralarni bosib o‘tib, muayyan mamlakatlar suvereniteti va ularning xalqlari milliy o‘zligiga xavf tug‘diruvchi omil deb qabul qilinmoqda. Bularning bari ―antigloballar‖ harakati paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ular yoqlab chiqqan qarashlar qator mamlakatlar aholisining aksariyati tomonidan qo‘llab - quvvatlanmoqda. Ammo globallashuv jarayonini to‘xtatishga urinishlar istiqbolga ega emas. Globallashuv – hozirgi dunyo taraqqiyotida xolis tendensiya. Uni in‘om sifatida tushunmoq joiz. Bizning vazifamiz esa, uning imkoniyatlaridan insoniyatning ezgu maqsadlari yo‘lida foydalanish va salbiy jihatdan yoki oqibatlarini imkon qadar kamaytirishdan iborat. Globallashuv jarayonining murakkab va ziddiyatli jihatlari ta‘lim sohasida ham o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘lmoqda. Hozirgi xalqaro ta‘lim makonining asosiy xususiyatlari rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning ta‘lim taraqqiyoti tendensiyalari va ta‘lim ahvolining o‘ziga xos jihatlari qat‘iy hisobga olingan holda amalga oshirilishini talab qiladi. Bunday bo‘linish qator davlatlarga nisbatan sun‘iy tarzda amalga oshirilgan. Kelgusida bu tasnif qayta ko‘rilib chiqilishi va ayrim davlatlar, masalan Janubiy-Sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlari rivojlanayotganlar qatorida rivojlanganlar safiga o‘tishi va aksincha, holatlar amalga oshiriladi deb ehtimol qilish mumkin. Shuningdek, ayrim rivojlangan mamlakatlarda qoloq rayonlar, ayrim qoloq davlatlarda esa rivojlangan hududlar mavjud. Ammo xalqaro tashkilot va statistik nashrlarda qabul qilingan tasniflar hali o‘z kuchini yo‘qotmagan. Shuning uchun qiyosiy tahlil qilish jarayonida milliy va xalqaro ko‘rsatkichlar qiyoslanishini ta‘minlash maqsadida aynan shu manbalarda qayd etilgan atamalar asosida tadqiqot ishlari olib boriladi. Zamonaviy siyosiy va ijtimoiy adabiyotlarda ―rivojlangan mamlakat‖, ―rivojlanayotgan mamlakat‖ atamalari o‘rniga ko‘pincha Shimol va Janub atamalari qo‘llaniladi. 1990 yillar boshidan G‘arb va Sharq o‘rtasida yuzaga kelib, dunyoni termoyadro halokati yoqasiga olib kelayotgan keskin qutblanishning uzun davri o‘tmishda qoldi. Ammo bu qarama-qarshilikning susayishi Shimol va Janub o‘rtasidagi ziddiyatlarning chuqurlashishi bilan almashdi. Milliy va mintaqaviy farqlarni hisobga olish xalqaro ahamiyat kasb etadi. ―Hozirgi kunda,- deyiladi YUNESKO nashrlarining birida,- uzoqni ko‘ra oluvchi yetuk olimlar tomonidan insoniyat oldida turgan asosiy muammolarning umumsayyoraviy miqyosida va global xarakteri batafsil izohlab berilgan. Haqiqat 132 esa, yaqin o‘n yilliklarda turli davlatlarning iqtisodiy va ilmiy rivojlanishida ulkan farq saqlanib qolishini hisobga olishni talab qiladi. Global miqyosida ularni uch toifaga ajratish mumkin: industriallashish arafasida bo‘lgan, industrial va post industrial. Bunday farqlanishga ega mamlakatlarda ta‘lim taraqqiyoti istiqbollari bir xil bo‘la olmaydi.‖ Rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim jarayoni ilmiy - texnika inqilobining zamonaviy bosqichi talablari bilan bevosita aloqador. Mikroelektronika radiotexnika, biotexnologiyadan keng foydalanish, takomillashtirilgan kompyuterlarning paydo bo‘lishi, mehnat va ishlab chiqarish jarayonida insonning o‘rni mohiyatini o‘zgartiradi. Zamonaviy jamiyat strukturasi, turmush tarzi va odamlar psixologiyasini jarayonga moslashtirdi. Iqtisodiyot aqlbovar qilmas darajada o‘zgarib bormoqda. Ayrim sanoat mahxsulotlari konveyyerdan chiqib ulgurmay, eskirib qolmoqda. Bir avlod hayotidayoq ulkan texnologik o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Axborot yagona eskirmas va cheklanmagan darajada o‘sib boruvchi resurs sifatida hal qiluvchi ahamiyatga aylanmoqda. Dunyoning istalgan nuqtasida bir necha soniya ichida Internet orqali axborot uzatish imkoniyati geografik imkon va vaqtga oid ming yillik an‘anaviy tasavvurlarni yo‘qqa chiqardi. Mahalliy ishlab chiqarish faoliyat yurituvchi aholining kasbiy-malakaviy tarkibi o‘zgarmoqda. Muhandislar va ilm, fan, maorif, sog‘liqni saqlash, boshqaruv apparati xodimlari soni ortmoqda. Ilmiy taraqqiyot yoki sinov tajriba ishlab chiqarishi bilan mashg‘ul yuqori malakali mutaxassislar soni sezilarli darajada ko‘paydi. Intellektual kasblar o‘zining oldingi mutanosiblik ahamiyatini yo‘qotib ommaviy tus olmoqda. Malakali xodimlarning umummadaniy va kasbiy bilimlarni keng o‘zlashtirishi talab darajasiga ko‘tarildi. Ammo eng yuqori texnologik tashkilotlarda ham oddiy malakali xodimlarning muayyan miqdori saqlanib qoladi. Sanoatning avtomatsiyalashishi ishchi - xodimlar malakasining betaraf talablariga ta‘siri zid xarakterga ega. Yuqori malakaga ega xodimlarga talab oshishi bilan bir qatorda, hech qanday yuqori darajadagi umumiy ta‘lim va kasbiy tayyorgarlik asoslari talab qilinmaydigan bir xil maromdagi vazifani bajaruvchi operatorlar guruhining qayta ixtisoslashuvi sodir bo‘lmoqda. Bunday xodimlarning nazariy bilim darajasi uncha yuqori bo‘lmasada, bu holat ijtimoiy ma‘sullik hissi rivojlangan bo‘lishi bilan kafolatlanishi kerak. Qimmatbaho asbob-uskunalar va avtomatlashtirilgan sanoatning barcha ishtirokchilarining o‘zaro chambarchas bog‘liqligi xodimdan katta diqqat e‘tibor, aniqlik va ehtiyotkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ishchi xodimning o‘quv Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling