G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

 
Savol va topshiriqlar
1. Xalqaro ta‘lim makoni nima? 
2. Jahon mamlakatlarida ta‘lim sohasidagi muammolarning yuzaga kelishiga 
qanday omillar ta‘sir ko‘rsatadi? 
3. Globallashuv jarayoni qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi? 
4. XX-XXI asrlarda xorijda xalqaro ta‘lim xususiyatlarini tahlil qiling. 
XXI BOB. TA’LIM SOHASINI ISLOH QILISHDA XALQARO 
TAJRIBALARNING AHAMIYATI 
11.1. Ta’lim sohasini isloh qilish yo’nalishlari 
 


139 
Ta‘limni isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri, uning tarkibini qayta 
qurishdir. Dunyo mamlakatlarida an‘anaviy boshlang‘ich ta‘lim ommaviy bo‘lib, 
u ishlab chiqarishni bilimli (savodli) ishchi kuchi bilan ta‘minlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. XX asrning 60-70-yillarda yuz bergan, demokratiyalashtirish 
to‘lqini dunyo mamlakatlarida o‘rta ta‘limni kengaytirish, shuningdek, oliy 
ta‘limni rivojlantirishga yo‘l ochib berdi.
Iqtisodiy gullab-yashnashning asosi bo‘lgan ta‘limni saqlab qolish va uning 
sifatini oshirish ehtiyoji ko‘plab davlatlarda ta‘limni standartlashtirish 
muammolarini kun tartibiga qo‘ydi. 
Shu o‘rinda tadqiqotchilar B.S.Gershunskiy va V.M.Berezovskiylarning 
quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish joiz: - ― Standartlashtirish bu istalgan jabhada 
biron narsani maqsad qilish va natijasini baholash bosqichlari bilan birga 
o‘tkaziladigan muolajadir‖
1

AQSH ta‘lim Departamentining ko‘rsatmasiga binoan:
‖Standartlar bu shunga qaratilganki, ya‘ni undagi ishtirokchilar bilishi va 
qila bilishi lozim‖.
2
Standartlashtirish birinchi, asosiy muammo sifatida asosan markazdan 
boshqarilmaydigan, ya‘ni AQSH, Buyuk Britaniya singari davlatlarda, ko‘proq 
yagona umummilliy talablarga ehtiyoj mavjud bo‘lgan davlatlarda paydo bo‘la 
boshlagan. 
Bu ko‘proq Sobiq Ittifoq tasarrufidagi respublikalarga taalluqlidir.
AQSH da esa, islohot maqola, ma‘ruzalarda: ‖Millat xavf ostida: maktabni 
isloh qilish zarur‖ (1983yil), ‖XXI asr uchun ta‘lim‖ (1983 yil) kabi ilmiy 
maqolalarda o‘z aksini topgan. Ularda amerikalik o‘quvchi va talabalarga 
ta‘limning yuqori bosqichlaridagi bilim berishning sayozligi tanqid qilindi. 
80-yillarning oxirlarida esa, qator, ya‘ni maqsadi ta‘limni yaxshilashga 
qaratilgan qonun aktlari qabul qilingan. ‖Amerika–2000: ta‘lim istiqboli‖ (1991) 
deb nomlangan hujjatda ta‘kidlanishicha, 2000 yil amerikalik o‘quvchilar 
o‘zlarining boshqa mamlakatlardagi tengdoshlaridan matematika va tabiiy fanlarni 
egallashda yuqori ko‘rsatkichga erishishi ta‘kidlangan edi. 
1991 yilda AQSH ta‘lim standartlari va test usulidagi ta‘limning davlat 
standartlarini rivojlanishi bo‘yicha Milliy Kengash tuzildi. Kengash tomonidan 
komissiya tuzilib, uning ishtirokida matematika, ingliz tili, tabiiy fanlar, tarix, 
geografiya, fuqarolikka kirish, san‘at singari fanlardan ta‘lim standartlari yaratildi. 
1993 yil ta‘lim standartlarini matematika yo‘nalishida ishlab chiqish yakunlandi. 
Qolgan standartlarni ishlab chiqish 1994-95 o‘quv yilida tugatilishi lozim edi.
AQSHda shtatlardagi va maktab okruglaridagi avtonomiyaning yuqori 
bosqichi umummilliy ta‘lim standartlarining yaratilishida asosiy muammo bo‘lgan. 
Shundan so‘ng, ta‘lim Departamenti standartlarning majburiy emasligi 
to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Angliya esa ta‘lim standartlarini yaratishda boshqa yo‘ldan bordi. 
Markazlashmagan ta‘lim, ya‘ni bunda maktablar katta mustaqillikdan 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling