G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Kazuol. School Education in Japon. Tokio, 1989, P.25


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

 Kazuol. School Education in Japon. Tokio, 1989, P.25, 
2
 Principes pour une peflexion sup les contenus dei lenseignement Iee Monde de Education. 1989. № 159.p.15-
20.  
1
 Боревская Н.Е. Новые учебные программы в КНР. Педагогика. 1993. № 3.С.106. 
2
Bathory Z. A National Core Curriclulum and the Democratization of Public Education in 
Hungary// Curriculum Studies. 1993. Vol.1 . N.1. P.94.


142 
1992 yil Vengriya pedagoglar guruhi milliy o‘quv rejasining loyihasini 
tayyorladilar, bu reja 6 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarga mo‘ljallab 
tuzilgan bo‘lib, quyidagi fanlar bo‘yicha tuzildi: ona tili, chet tili, matematika, 
tabiiy fanlar, inson va jamiyat, san‘at, texnika madaniyati va atrof-muhit, hayot, 
oila, uy iqtisodi, jismoniy tarbiya va sport. Mazkur fanlarga o‘quv vaqtining 80 % i 
ajratilgan edi. 1993 yilda ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonunning loyihasi ishlab 
chiqilgan. Qonun loyihasi muhokamasida har xil yondashuvlar yuzaga kelgan: 
ayrim guruhlar ta‘limni markazlashtirish, davlatning muntazam boshqaruvini 
o‘rnatish tarafdori bo‘lgan bo‘lsalar, ayrimlari esa maktabga to‘la erkinlik berish 
markazlashtirmaslik tarafdori edilar. 
Shunday qilib, 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarning boshidagi 
Ta‘lim standartini yaratishga bo‘lgan har xil qarash va va urinishlar bir tomondan 
o‘quv rejalari va dasturlarini qisqartirish yo‘lidan borgan bo‘lsa, boshqalari 
aksincha, ko‘paytirish tarafdori edilar.
Agar savodxonlikning an‘anaviy bo‘lib kelgan tushunchasi o‘qish, xat va 
hisob o‘rganishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 90-yillar boshiga kelib, bu tushuncha 
ancha kengaydi. Tailandda o‘tkazilgan ―Ta‘lim barcha uchun‖ mavzuidagi (1990 
y) 
Butundunyo 
Konferensiyasida 
shunday 
deyilgan: 
―Ta‘lim yo‘nalishi 
tushunchasining o‘zi kengaytirilishga muhtoj…bilim va yangiliklarning keng 
qamrovliligi hayot uchun zarurdir‖.
1
Har xil mamlakatlarning pedagog va ta‘lim sohasi arboblari ta‘limni isloh 
qilishda turli xil yo‘ldan borishgan.
Birinchidan, barcha mamlakatlar o‘quv rejasiga zamonaviy predmetlar va 
kurslar kiritishni, shuningdek, o‘quv predmetining yangi materiallar bilan 
boyitishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan.
Ikkinchidan, ta‘lim mazmunini qayta qurishning muhim yo‘nalishlari 
sifatida o‘quv dasturlarini fundamentallashtirishni zarur deb hisoblashgan.
Uchinchidan, bilimlarning integratsiyasini, o‘quv dasturlarini mukammal 
yaratishni ilgari surdilar.

yoki 
bu 
qarashlarni 
ko‘rib 
chiqib, 
ta‘limning 
mazmunini 
modernizatsiyalash xarakterida ekanligining, bunda asosiy o‘quv fanlari majmui – 
tabiiy-matematik va gumanitar fanlarga alohida e‘tibor qaratilganligiga amin 
bo‘ldik.
80- yillarning oxirida tabiiy ilmiy va matematik ta‘limni isloh qilish zarur 
edi. Chunki mazkur fanlar sohasida yangilanishlar mavjud edi.
Shuning uchun mamlakatlarda birinchi o‘rinda e‘tibor tabiiy-matematik 
ta‘limga qaratilgan.
 
1
Final Report World Confepence on Education for All: Mrrting Basic Leapning Needs. 5-9 March 1990. Somtien, 
1990.P.7. 


143 
AQSHning o‘rta maktablarida tabiiy fanlarni o‘rganishning majburiyligi barcha 
maktablarga taalluqli emas edi. Ko‘plab shtatlarning hukumat komissiyasiga 
tavsiyasi bilan o‘rta maktablarning yuqori sinflarida matematika va tabiiy fanlar 
uch yil mobaynida, informatika esa yarim yil mobaynida o‘qitiladigan bo‘ldi. 
Buyuk Britaniyada esa ―Ta‘limni isloh qilish to‘g‘risida‖gi qonun (1988y)ga 
muvofiq tabiiy fanlarni o‘qitish majburiy bo‘lmagan boshlang‘ich va to‘liqsiz o‘rta 
maktablarda tabiiy fanlarni majburiy maktablarning barcha o‘quvchilari uchun 
majburiy qilib belgilangan.
1
Shuningdek, 80 - yillarda GDRning ayrim yerlarida Asosiy maktabning o‘rta 
sinflarida matematika fanlarini o‘rganish haftasiga 4-5 soat o‘quv soatiga 
ko‘paytirilgan. 
Tabiiy bilimlarni oshirishga intilish nafaqat rivojlangan mamlakatlar uchun
balki, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham xarakterlidir. Shu o‘rinda hind 
pedagogi U.S.Choudharining quyidagi so‘zlarini keltirib o‘tish joiz: 
- ―Dunyo tabiiy fanlar inqilobidan qayg‘uradi. Uning markazi industrlashgan 
davlatlar bo‘lsa, hayotning barcha jabhalarida uning ta‘sirini sinab ko‘ruvchi 
rivojlanayotgan mamlakatlardir‖.
2
Shimoliy va Markaziy Yevropa davlatlariga taalluqli ta‘lim mazmuni 
egallagan tabiiy ilmlarni oshirish diqqat e‘tiborga muhtoj bo‘lgan bo‘lgan predmet, 
yoki MDH davlatlarida kamaytirilgan. Afrika mintaqaviy konferensiyasida (1982 
yil) shunday deyilgan: ―Qit‘adagi mamlakatlar tabiiy bilimlarni yangilash uchun 
yangi dastur va darsliklar tayyorlashmoqda‖.
1
Shuningdek, asosiy e‘tibor (o‘qitishda) o‘quvchilar kundalik hayot bilan 
bog‘liq bo‘lgan hayotiy bilimlarni oshirishlarida deyilgan.
Buyuk Britaniyada matematikani o‘qitish komissiyasining dokladida (1988 
y) bu fan sohalari quyidagilarga ajratildi: ―Maktabda o‘rganish uchun zarur 
bo‘lgan: hisob, algebra, geometriya, statistika va ehtimollar nazariyasi, algoritm, 
elementar dasturlash kabilar‖.
2
Mualliflar o‘z nutqlarida matematikaning hayot-
mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lganlariga asosiy e‘tiborni qaratgan.
80-90- yillar dunyo mamlakatlari ta‘lim mazmunidagi islohotlarda tabiiy 
fanlarning integratsiyalashuvi vujudga kelgan.
Integratsiyalash 
modeli 
o‘quv 
materiallarining 
yuqori 
darajada 
integratsiyasi, masalan, «energiya» mavzusi fizika fanida o‘tiladigan bo‘lsa, 
biologiya va ximiya fanlarida boshqa mavzular orqali bir-birisi bilan bog‘langan.
Shuningdek, mazkur uchta fanlar ketma-ketlik asosida o‘rgatilgan. Ya‘ni 
biologiya, fizika, kimyo alohida o‘rgatilgan, lekin bir vaqtda emas.
Tabiiy bilimlar kursidagi bu kabi yondashuvdan Yaponiyaning kichik o‘rta 
maktablarida foydalanilgan.
Amerika pedagogi R.Fogarti fanlar integratsiyasining o‘nta variantini 
ajratgan.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling