G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Education Reform Act. London,1988
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematics for Ages 516. London, 1988
1
Education Reform Act. London,1988. 2 V.S. Choudhapi. Issues in Advaаnces in Educati on. Delhi, 1986. 1 Conference of ministers of Education and fhose nesponsible for economic planning in Africa member states. Final Report Paris: UNESCO, 1982. 2 Matematics for Ages 516. London, 1988. 144 Ular predmet ichida integratsiya, predmetlararo, ikki yoki undan ortiq predmetlar yig‘indisi. Shuningdek, mavzu bo‘yicha birlashtirilgan materiallar, yangilik yoki tushunchalar haqidagi integratsiyalashgan o‘quv dasturlari va kurslari kabilar. Integratsiyalashtirishning oliy darajasi sifatida har xil fanlar sohasidagi maktablarning yuqori sinflari, oliy o‘quv yurtlari yoki aspiranturalar uchun tayyorlangan o‘quv loyihalari, tadqiqotlardagi, yangi axborotlardan foydalanish hisoblangan. 1 To‘liqsiz o‘rta maktablar uchun ‖Tabiiy bilimlar‖ integratsiyasining yuqori ko‘rinishiga Norvegiya misol bo‘la oladi. 1 Norvegiyada tabiiy bilimlarni o‘rgatishning asosiy maqsadi quyidagicha, ya‘ni o‘quvchilarning kuzatish va amaliy ishlarida tasavvur va mustaqillik fazilatlarini rivojlantirish, bolalarni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash, tabiiy resurslar va texnologiyalardan foydalanishda javobgarlik his-tuyg‘ularini shakllantirish, sog‘liqni saqlash va shu to‘g‘risidagi bilimlarni olish, shuningdek tabiiy fanlar va texnologiyalar madaniyatining bir qismi sifatida o‘quvchilarni elementar izlanishlar olib borishga o‘rgatishdan iborat bo‘lgan. Tabiiy bilimlar kursi 14 mavzuda o‘rganilgan: kuzatish va tajriba, analiz o‘tkazish, fizik dunyo (quyosh sistemasi, mikrokosmos, yadro energiyasi, atom radiastiyasi va hakazolar), iqlim va ob-havo, hayot, rivojlanish va davomiylik, o‘simlik va hayvonot, gavda va salomatlik, bizning sezgi, energiya va tabiiy resurslar, kundalik hayotni elektrlashtirish, axborot va kompyuter texnologiyasi, kundalik texnologiya va hokazolar. Angliyada keng tarqalgan to‘liqsiz o‘rta maktablar uchun darsliklarda ‖Tabiiy fanlarni o‘rganishda‖ tahliliy mavzular: ‖Ixtirochi olim to‘g‘risida ocherk‖, ‖Yer‖, ‖Rang-barang hayot‖, ‖Katak‖, ‖Molekula‖, ‖Atom‖, ‖Energiya‖, ‖Biosfera‖, ‖Aholi‖, ‖Muloqot‖, ‖Koinot‖ kabi mavzularda o‘rganilgan. Bu kurslar tabiiy fanlar haqidagi asosiy tushunalari, amaliy xarakterlari bilan norvegiyaliklarning o‘quv kurslariga yaqindir. Demak, ko‘plab mamlakatlarda maktab o‘quvchilari tabiiy fanlarni integratsiyalashgan kurslarda o‘rganishadi. Shuningdek, xuddi o‘sha o‘quvchilar mazkur fanlarni qiziqishlari va qobiliyatlariga qarab alohida o‘rganishlari mumkin bo‘lgan. Buning uchun to‘liq o‘rta maktablarda chuqurlashtirilgan kurslar va dasturlar mavjud. Masalan, Fransiya, sobiq GDRda tabiiy bilimlar alohida kurslarida o‘rganiladi. Fransiyada bir vaqtning o‘zida (to‘liqsiz maktabda) ‖Fizika, kimyo‖ kabi predmetlarning integratsiyasi mavjud. 90-yillarda tabiiy va gumanitar fanlardan birlashgan materiallarni yaratish fikrlari birinchi o‘rinda jamiyat haqidagi bilimlarni rivojlantirishga e‘tibor qaratgan. Bu fanlarning tabiiy yo‘nalishlarini insonparvarlashtirishdan guvohlik beradi. Birinchi o‘rinda bu yo‘nalishdagi ta‘limning vazifalari tabiat uchun javobgarlik, tabiiy resurslarni o‘rganishda sotsial muammolarni o‘rganish va 1 Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling