G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

 Savol va topshiriqlar: 
 
1.Janubiy Afrika Respublikasi ta'lim tizimi haqida so‘zlab bering. 
2.Zambuya Respublikasi ta'lim tizimi haqida nimalar bilasiz? 
3.Jazoir maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari haqida gapirib bering. 
IX BOB. JAHON MAMLAKATLARIDA PEDAGOG KADRLARNI 
TAYYORLASH MASALALARI. 


123 
 
 
9.1.Jahon mamlakatlarida pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyoj va ularni 
tayyorlash masalalari  
Boshqa ko‘plab kasblar kabi o‘qituvchilik kasbi tayyorgarligi dastlabki 
pedagogik ta‘lim olingandagina tugamaydi. O‘qituvchilarga doimiy yangilanib 
turuvchi talablar qo‘yiladi. Professional o‘qituvchi bu yangilanishlarga tabiiy 
ravishda o‘z kasbiy darajasini doimiy oshirib borish bilan erishishi lozim. 
O‘qituvchilarni tayyorlash uzluksiz jarayon sifatida ishga kirgunicha, ishga 
kirayotgan vaqti va ishlayotgan davri bosqichlarini o‘z ichiga oladi. 
O’qituvchilarni dastlabki tayyorlash 
Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlarida (Daniya, Finlandiya, Fransiya, 
Germaniya, 
Gretsiya, 
Irlandiya, 
Ispaniya, 
Shvetsiya, 
Buyuk 
Britaniya) 
boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘qituvchilarining dastlabki tayyorgarligi oliy o‘quv 
yurtlarida kechadi. O‘rta maktabning boshlang‘ich sinflarida dars berish uchun 
o‘qituvchilar oliy ma‘lumotli bo‘lishi kerak (Avstriya), Belgiya, Gollandiya 
bundan istisno. 
O‘qituvchilarning kasbiy va amaliy tayyorgarligi asosiy kurs bilan bir vaqtda 
(baravar usul) yoki asosiy kursdan keyingi, masalan, aspirantura darajasida (izchil 
usul) olib boriladi. Baravar usul bo‘yicha kirish talablariga to‘liq o‘rta ma‘lumot 
to‘g‘risidagi attestat, ba‘zi hollarda oliy ma‘lumot olishga loyiqligi haqidagi 
sertifikat talab qilinadi. Izchil usul bo‘yicha dastlabki oliy ma‘lumot (universitet 
yoki undan boshqa) maxsus fan yo‘nalishini egallagan talabalar muallimlikka 
aspirantura yoki universitetdan tashqari kurslarda tayyorlanadi. 
Baravar usul o‘qituvchilarining barcha ta‘lim va tayyorgarligi boshlang‘ich 
maktablarda izchil usulda yo‘lga qo‘yiluvchi Fransiyadan boshqa barcha 
davlatlarda keng tarqalgan. Angliyada har ikki usul ham amal qiladi, ammo maktab 
o‘qituvchilarini tayyorlashning baravar usuli kengroq tarqalgan. 
Shotlandiyada kasbiy ta‘limda lektorlar pedagog darajasini egallashlari 
mumkin. Bu majburiy bo‘lmasada, 85% lektorlar bu daraja sohibi bo‘ladilar. 
Pedagoglar tayyorlashda lektorlar uchun albatta pedagog malakasi talab qilinadi. 
Oliy ta‘limning boshqa sohalarida lektorlar odatda bunday malakaga ega emaslar. 
Hozirgi kunda universitet xodimlari uchun ta‘lim kurslarida pedagogik metodlarga 
tayaniladi. 
Lektorlardan oliy ta‘limda ham, undan keyingi ta‘limda ham ta‘lim 
usullarini doimiy yangilab borish talab qilinadi. Buning turli jihatlari izohlanadi. 
Bir qancha davlatlarda lekttorlardan yaxshi natijaga erishish talabi qo‘yilgan 
qoidalar mavjud. Shuningdek: 
1. Talabalarning muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq moliyaviy pul ulushi 
mavjud. 
2. Talabalarga har bir predmet bo‘yicha so‘rovnomalarni to‘ldirishga 
beriladi. Natijalar kursdagi barcha lektorlarni jamlovchi kurs qo‘mitasi 
a‘zolari, talabalar vakillari, ishlab chiqarish va mahalliy jamiyatlar 
vakillari huzurida e‘lon qilinadi. 


124 
3. Ta‘lim sifatini tekshirishni amalga oshiruvchi inspektor va boshqa 
universitet xodimlari ishtirok etadi. 
4. Talabalarni baholovchi professionallar guruhi tuziladi. 
Yomon o‘qitish mazkur kursga juda kam talabalarni to‘plashga sabab 
bo‘ladi va bu o‘z navbatida kursning yopilishiga olib kelishi mumkin. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling