Sog‘lom turmush tarzi zamirida, birinchidan, inson jismoniy salomatligi va kamoloti, ikkinchidan, inson ma’naviy va mafkuraviy salomatligi, uning shaxs sifatida to‘la kamol topishi mujassamdir. - Sog‘lom turmush tarzi zamirida, birinchidan, inson jismoniy salomatligi va kamoloti, ikkinchidan, inson ma’naviy va mafkuraviy salomatligi, uning shaxs sifatida to‘la kamol topishi mujassamdir.
- Respublikamizda oilaviy sportni rivojlantirish va ommalashtirish, har bir oilani sog‘lomlashtiruvchi sport turlariga aholini kengroq jalb etish, ular salomatligini tiklash, millat genafondini mustahkamlash, yoshlarning jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lishi sog‘lom turmush sohasidagi dolzarb vazifalardan biridir.Birinchi Prezidentimiz I.Karimov “Sportning milliy genofondini yaxshilash, ijtimoiy muammolarni muvaffaqiyatli hal etish, millatning g‘urur-iftixorini ko‘tarish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va boshqa sohalardagi ahamiyati benihoya kattadir” deb e’tirof etganlari bejiz emas.Oilaviy sportni ommalashtirishdan asosiy maqsad, oila a’zolarining salomatligini mustahkamlash, har bir oilada sog‘lom turmush tarzini, jismoniy va tibbiy madaniyatni to‘laqonli shakllantirishdir.Jismoniy harakat orqali oil a’zolarining salomatligini ta’minlash lozimligi bizga tibbiyot olamining sultoni, buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bobomizdan me’rosdir. Ibn Sino sog‘liqni saqlash ishini san’at, deb ataydi.Uning vazifasi har xil foydali tadbirlarni qo‘llab, odamlarni tabiiy o‘lim yoshigacha yetkazishdir, deb ta’kidlaydi.
XULOSA XULOSA - 1.Sog‘lom turmush tarzini saqlab qolish bugungi globallashayotgan, kishilar tafakkurida o‘zgacha qarashlar sodir bo‘layotgan murakkab bir davrda o‘ta muhim masala hisoblanib, kelajak avlodni ham jismonan ham ma’nan barkamol qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Zero, Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek “Bu har qanday bunyodkorchilik ishi har qanday qurilish, har qanday mehnat uchun zarur bo‘lgan sog‘lom muhitdir”.
- Sog‘lom turmush tarzi—bu kundalik turmushni biologik va ijtimoiy qonunlar asosida tashkil etib, salomatlikni saqlash hamda mustahkamlashga qaratilgan turmush tarzidir.Sog‘lom turmush tarzi–bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko‘nikmalarga ega bo‘lish asosida hayotiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda salomatligining yuqori jarajada bo‘lishini ta’minlovchi hodisadir.
- Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va har bir oilada uning yuqorida ta’kidlangan tamoyillarini singdirish barkamol avlod tarbiyasining muhim omilidir. Avvalo, yosh avlodga sog‘lom turmush qoidalarini yetkazish, yetarlicha tushuntirish ishlarini olib borish zarur.
- 2. Sog‘lom turmush tarzini falsafiy-ma’naviy, psixologik mezonlarini quyidagicha ta’riflash mumkin: —oilada, ta’lim maskanlari va jamoat joylarida yosh qizlar va ayollarning kiyinishlariga alohida e’tiborni qaratish; —oilada va jamoat joylarida yoshlarning muomala madaniyatini shakllantirishda sog‘lom turmush borasidagi xalqimizning o‘ziga xos an’analari va qadriyatlarini, otalar va momolar o‘gitlarini alohida sog‘lom ma’naviyatli oilalar tajribasini ibrat omili sifatida keng targ‘ib etish; —yoshlarni sportga, jumladan, oilaviy sportga ijobiy munosabatini shakllantirishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tadbirlar, oilaviy sportchilar an’analaridan foydalanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |