G qarshiboyeva, J. Majidov
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
Onalik deprivatsiyasi. Onalik deprivatsiyasi ochiq (agar ona о‘z
onalik burchini bajarmay, boladan ayrilgan bо‘lsa) va yashirin (boladan yashirin voz kechish, uni yoqtirmaslik yoki biror sabab tufayli bolaga yaqin kela olmaslik holatlarida) bо‘lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola taraqqiyoti uchun nihoyatda salbiy, xavfli vaziyat yuzaga keladiki, ayrim hollarda bola hattoki, nobud ham bо‘ladi. Masalan, chaqaloq tug‘ilgach, xasta bо‘lgani uchun uning uzoq vaqt mobaynida kasalxonada qolishi ham onalik deprevatsiyasiga sabab bо‘ladi. Bu orada unda onalik mehri uyg‘onmaydi, u yangi chaqaloqqa befarq bо‘lib qoladi. Buning oqibatlari qanchalik og‘ir bо‘lishi onaning yoshiga va ayriliqning muddatiga bog‘liq. Agar shunga о‘xshash holatni boshidan kechigan ona juda yosh bо‘lsa, unda bolaning psixik taraqqiyotida jiddiy asoratlar qoladi, u о‘z xulq-atvorini nazorat qila olmaydigan, jizzaki, odamovi, jinoyatga, hattoki, о‘z joniga qasd qilishga ham moyilligi 75 yuqori bо‘lib voyaga yetadi. Ona bolaning yonida bо‘la turib, undan yashirin tarzda voz kechgan holatda ham bolada nevrotik xususiyatlar rivojlanadi, ayniqsa, bola shaxslararo munosabatlarda nо‘noq, urushqoq bо‘lib, qarorlar qabul qilishda qiynaladi, ijtimoiylashuv jarayoni nihoyatda murakkab kechadi. Kо‘rib turganimizdek, onaning bolaga psixologik yaqinligi uning istiqbolini, shakllanajak ijobiy fazilatlari, jamiyatdagi о‘rni va nufo‘zini belgilovchi muhim omildir. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling