76
4. 3. Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari
Oila, undagi shaxslararo munosabatlar, er-xotin va ota-ona
hamda bolalar munosabatlari kо‘plab tadqiqotlarning obyekti va
predmeti bо‘lgan. Bu borada O‘zbekiston olimlarining ishlari ham
diqqatga molik. Lekin bu haqda mahalliy matbuotda, Respublika
“Oila” ilmiy-amaliy markazi tomonidan chop etilgan qator risola va
qо‘llanmalarda batafsil bayon etilganligi sababli, bu borada jahon
adabiyotida keltirilgan ilmiy izlanishlarning qonuniyatlarini bayon
etishga qaror qildik.
Xususan,
ota-onalik
ustanovkalari
va
ularning
farzand
tarbiyalash uslublari muammosi rossiyalik qator izlanuvchilarning
asarlarida qayd etilgan (
A. YE. Lichko, 1979;
A. A. Bodalev, A. A.
Stolin, 1989;
E. G. Eydemiller, V. V. Yustitskiy, 1999). Ota-onalikning
eng muhim sifatlariga avvalo –
proteksiya yoki farzandlarini
tarbiyalash uchun sarflanadigan kuch, vaqt va e’tiborning mezoni,
bolaning turli ehtiyojlarini qondirish darajasi, intizomga chaqirish
bilan bog‘liq talablar darajasi, ta’qiqlovlar yoki bolaning xulqini
jilovlash uchun ishlatiladigan sanksiyalar tizimi kiradi.
3. 1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: