G qarshiboyeva, J. Majidov
Ota-onalik xulq-atvoriga kо‘ra oilada bola tarbiyasining uslublari
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
- Bu sahifa navigatsiya:
- Giperproteksiya
Ota-onalik xulq-atvoriga kо‘ra oilada bola tarbiyasining uslublari
Tarbiya uslubi Protek siya Ehtiyojlarni qondirish Talabchanlik Ta’qiqlash Sanksiya Haddan ziyod g‘amxо‘rlik kо‘rsatish Giperproteksiya + + - - - G‘amxо‘rlikdan ustun keluvchi giperproteksiya + ± ± + + Ortiqcha axloqiy mas’uliyat + - + ± ± Emotsional raddiya - - ± ± ± O‘ta qattiqqо‘llik - - ± ± + Gipoproteksiya - - - - ± 77 Ushbu mezonlar asosida turli oilalarda ota-onalarning о‘z farzandlarini tarbiyalash uslublarini farqlash mumkin. (3. 1-jadval). Giperproteksiya – ota-onalarning farzandlariga nisbatan haddan ziyod e’tibori bо‘lib, bu ularning bola tarbiyasi uchun kuch, vaqt va e’tiborni ayamasliklarida namoyon bо‘ladi. Ota-ona bu ishni hayot tarziga aylantiradi, ya’ni ona uchun ham, ota uchun ham bola tarbiyasi hayotining mazmun-muddaosiga aylanadi. Giperproteksiya – ota-ona tomonidan bolaning barcha istak, tilak va ehtiyojlarini kо‘r-kо‘rona, tanqid va mulohazasiz qondirishga intilish; bolani har qanday qiyinchiliklar va tо‘siqlardan himoya qilish, uning barcha istaklarini joyida bajo keltirish, erkalatish, oddiy yutuqlaridan quvonish, xatolarini sezmaslikka qaratilgan harakatlar. Bolasi uchun “jonini jabborga beruvchilar” odatda о‘zlari bilmagan holda farzandlariga yomonlik qilayotganliklarini sezmaydilar, natijada bola kelajakda ishga toqati yо‘q, kо‘pchilikning ichida о‘zini tuta olmaydigan, hayotning past-balandliklarida о‘zini nochor his etadigan, tantiq, erka bо‘lib qoladi. Ayniqsa, bola о‘smirlik yoshiga yetganda, erka, tantiq bо‘lgani uchun dо‘stlari va tengqurlari davrasida ham hamma aytganlari bо‘lishini istaydigan, liderlikka intiluvchanligini namoyon etgisi keladi, lekin ikkinchi tomondan, aslida unda bunday sifatlar bо‘lmaydi. Gap shundaki, bunday holatlarda ota-ona zurriyodi timsolida ilgari о‘z hayot tajribasida erisholmagan armonlarini rо‘yobga chiqargisi keladi, ularning tarbiya uslublari aynan shunga qaratilgan bо‘ladi, lekin bola kо‘p jihatdan nochor ekanligini keyinchalik ijtimoiy muhitning turli vaziyatlariga tushganida his eta boshlaydi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling